MBA Kichik biznes va tadbirkorlik

MBA “Kichik biznes va tadbirkorlik” magistratura dasturi

Dastur haqida umumiy ma’lumot

Dastur turi: Magistratura (MBA — Master of Business Administration)

Yo‘nalish: Kichik biznes va tadbirkorlik (Small Business and Entrepreneurship)

Ta’lim tili: O‘zbek va rus tili.

Diplom: Davlat tomonidan tasdiqlangan magistr diplomi

Dastur innovatsion va amaliy yondashuvga asoslangan bo‘lib, nazariy bilimlar bilan birga real biznes keyslar, tajribali tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, mentorlik va loyiha asosidagi o‘qitishni o‘z ichiga oladi. Tinglovchilar o‘z biznes g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

Ushbu dastur kimlar uchun?

  • Innovatsion va barqaror biznes g‘oyalarni amaliyotga joriy qilmoqchi bo‘lgan tashabbuskorlar
  • Hududiy tadbirkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lgan yoshlar va mutaxassislar
  • Mavjud tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishni istaganlar
  • Tadbirkorlik subyektlari bilan muntazam ish yurituvchi Davlat va nodavlat tashkilotlar mutaxassislari uchun

 

Dasturda nimalar o‘rganiladi?

  • Moliyaviy savodxonlik va boshqaruv
  • Raqobat tahlili va strategik qarorlar qabul qilish
  • Innovatsion fikrlash va mahsulot yaratish
  • Biznes moliyasi va investitsiyalarni jalb qilish
  • Soliq va huquqiy asoslar
  • Startaplarni rivojlantirish va inkubatsiya

 

Kelajakda qanday foyda beradi?

  • Biznesda risklarni boshqarish (Risk management)
  • Hududiy va milliy miqyosdagi iqtisodiy rivojlanishda faol ishtirok etish imkonini beradi
  • Investitsiya jalb qilish, hamkorlar bilan ishlash tajribasini beradi
  • Bozor talabiga mos mahsulot va xizmatlar yaratish ko‘nikmasini shakllantiradi

 

Mazkur dasturning asosiy maqsadi - O‘zbekistonning har bir hududida o‘z biznesini yurita oladigan, iqtisodiyotni quyi bo‘g‘inlardan boshlab harakatlantira oladigan bilimli, mas’uliyatli va yangicha fikrlaydigan tadbirkorlar avlodini tayyorlashdir.

  • Qo'shimcha ma'lumot

    Mutaxassislik kodiMutaxassislik nomiKvalifikatsiyaO‘qish muddatiTa'lim shakliQabul vaqtiKontrakt summasi (so‘m)
    70410901Biznesni boshqarish (MBA - Kichik biznes va tadbirkorlik)Iqtisodchi, pedagog - tadqiqotchi

    1,5 yil

    2 yil

    Kunduzgi

    Kechki

    Qabul komissiyasi: Iyul–Avgust, Dekabr–Yanvar.

    O‘qish boshlanish vaqti: Sentabr, Mart

    O‘quv dasturining bir yili uchun taxminiy to‘lov narxi 29,0 mln. so‘m

     

    Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

    • Oliy maʼlumotga hamda kamida umumiy uch yil ish stajiga ega boʼlishi;
    • 45 yoshgacha (yosh bo‘yicha cheklov faqat kunduzgi ta’lim shakliga tegishli).

     

    Imtihon jarayoni:

    • Suhbat (mutaxassislik va umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha);
    • DTM testlari (mutaxassislik va ingliz tili bo‘yicha).

     

    Ingliz tili afzalliklari:

    • CEFR darajasi bo‘yicha B2;
    • IELTS – 5.0 ball;
    • TOEFL – kamida 72 ball.

     

    Talab etiladigan hujjatlar:

    Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt orqali Oliy biznes maktabi direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

    1. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari yoki tadbirkorlik subyektlari rahbarlari tomonidan imzolangan tavsiyanoma;
    2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;
    3. 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;
    4. Pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
    5. Mehnat daftarchasi (my.gov.uz saytidan olingan PDF yoki JPG nusxasi);
    6. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud bo‘lsa).

     

    O‘qishga ariza topshirish:

    Hujjatlar faqat elektron shaklda, Oliy biznes maktabining rasmiy veb-saytiga yuklash orqali qabul qilinadi.