Ariza topşiriş (yangi oynada oçiladi)
Hududiy filiallar

Hududiy filiallar faoliyati

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hududiy filiallarining asosiy maqsadi va vazifasi barça viloyatlarda aholini biznes va tadbirkorlikka öqitiş, yangi iş örinlarini yaratiş, kambağallikni kamaytiriş, tadbirkorlarni sonini köpaytirişdan iborat. Bu tadbirlar öz navbatida viloyatlarni iqtisodiy ösişiga, mahalliy byudjetlarga soliq tuşumlarini oşişiga, biznes va tadbirkorlik muhitini yaxşilaşga olib keladi.

Aholi qatlamlari (yoşlar va xotin-qizlar)ni tadbirkorlikka öqitiş, tadbirkorlarni biznes boşqaruv könikmalarini şakllantiriş, korxona xodimlarining kasbiy malakasini oşiriş orqali iqtisodiy ösişni taʼminlaş eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Hududiy filialda nazariy va amaliy öquv kurslari, mahorat-darslari va seminarlar olib boriladi.

Öquv kurslari iqtisodiyotda erkin raqobat muhitini şakllantiriş, mahalliy işlab çiqaruvçilarning raqobatbardoşligini oşiriş, hududlarda aholining tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi, biznes va tadbirkorlik sohasida zaruriy könikmalarni şakllantiriş, ularning turmuş tarzini yaxşilaş va iş bilan bandligini oşiriş uçun ijtimoiy-iqtisodiy omillarni kuçaytirişga xizmat qiluvçi katalizator vazifasini ötaydi.

Bunda aholini (yoşlar va xotin-qizlar)ni tadbirkorlikka qiziqişi va manfaatdorligi bölgan qatlamlarini tadbirkorlikka keng miqʼyosda jalb etiş, kambağallikni qisqartiriş va tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlarni izçil davom ettiriş közda tutilgan.

Uşbu kurslar orqali respublikamizning barça hududlarini qamrab olgan holda, Oliy maktab tomonidan 43120 ta aholini tadbirkorlikka öqitiş böyiça istiqbolli reja tuzilgan. Mazkur rejani amalga oşiriş borasida Oliy maktab respublikamizning yetakçi vazirlik va idoralari bilan samarali hamqorlikni yölga qöygan. 

Öquv kurslar uçun maʼruza, amaliy seminarlar, mahorat darslari (master klass)dan iborat bölgan, 30 soatdan 120 soatgaça möljallangan.

Öquv dasturlarga tinglovçilarni muvaffaqiyatli tadbirkorlar korxonalarida iş faoliyati bilan joylarga çiqib taniştiriş tadbirlari kiritilgan.

Oliy maktab va uning hududiy filiallarining birinçi darajadagi işlar jumlasiga öquv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniş kiritilgan.

Öquv kurslari yakunida tinglovçilar tanlagan faoliyat yönalişlariga qarab biznes-reja tuzadilar va test topşiradilar. Biznes-rejani muvaffaqiyatli himoya qilgan va testlardan ötgan tinglovçilarga kurs yakuni böyiça sertifikatlar topşiriladi.

Öquv jarayoni sifatini taʼminlaş maqsadida öquv kurslarini sönggi kuni tinglovçilar orasida qayta aloqa örnatiş uçun anonim sörovnoma ötkaziladi. Sörovnoma natijalariga köra, öquv kurslarini taşkillaştirişdagi muammolar hal etiladi va öquv jarayonining sifati muntazam ravişda yaxşilanib boriladi.

Kurs qatnaşçilarining taʼlim olişi, bilimi va könikmalarini oşiriş, taʼlim jarayonini tölaqonli taşkil qiliş uçun, öquv auditoriyalari zamonaviy va barça qulayliklarga ega jihozlar bilan töliq taʼminlangan.

Eng avvalo, öquv-kurslarini sifatli taşkil qiliş bilan boğliq bölgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalarning bajarilişi doimiy ravişda töliq tahlil qilinmoqda va qöşimça ravişda bajarilişi lozim bölgan işlar belgilanib, amalga oşiriş yölga qöyilgan.

Öquv kurslari böyiça dasturlarni işlab çiqiş va treninglar ötkazişda sifat, qiymat va natijaga eʼtibor beriladi.

Bizning yuqori malakaga ega bölgan mutaxassislarimiz siz uçun zarur bölgan kurslarni tanlaşda yordam berişga tayyorligini bildiradi!

Mazkur imkoniyatdan foydalaning va biz bilan birga bilim va könikmalaringizni oşiring!

2024-yilning III-çorak yakuni böyiça amalga oşirilgan işlar böyiça MAʼLUMOT

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi “Hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlaştiriş va hududlarda öquv jarayonlarini taşkil etiş” bölimining 2024 yilning 9 oylik yakuni böyiça amalga oşirilgan işlar böyiça

MAʼLUMOT

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş tizimini takomillaştiriş va tadbirkorlikni rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son qarori, “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş tizimini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2022 yil 22 iyuldagi PQ-329-son qarori, “Yangi Özbekiston ma‘muriy islohotlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 avgustdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş, xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş tizimini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Yoşlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş dasturlarini samarali amalga oşiriş hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uçun mikrokreditlar ajratiş çora-tadbirlari töğrisida” 2021 yil 22 iyundagi 388-son qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi 340-son qarori ijrosini ta‘minlaş yuzasidan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining hududiy filiallari tomonidan quyidagi işlar amalga oşirildi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va “Elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş” AJ örtasida tadbirkorlar va aholining qiziquvçi qatlamiga “E-auksion.uz” elektron savdo platformasining asosiy vazifalari hamda auktsionlarda iştirok etiş şartlari töğrisida bilim va könikmalarni berib boriş maqsadida memorandum imzolandi. Mazkur memorandum doirasida buguni kunga qadar Hududiy filiallar tomonidan taşkil qilinayotgan barça kurslarda “E-auksion.uz” elektron savdo platformasi xodimlari iştiroki ta‘minlanib, aholiga qöşimça bilimlar berilib kelinmoqda.

Kiçik biznesni rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi “Kiçik biznesni rivojlantirişni moliyaviy va institutsional qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida” PQ-306-sonli qaroriga muvofiq işlab çiqilgan öquv dasturini 38 soatga möljallangan öquv dasturi loyihasining video ma‘ruza matni, taqdimot, video ma‘ruza va tarkqatma materiallarni tayyorlab beriş böyiça hisob-kitob ma‘lumotlari (kalkulyatsiya) va özaro hamkorlik şartnoma loyihasi işlab çiqildi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 avgustdagi340-son qarorida belgilangan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş tizimini takomillaştiriş va tadbirkorlikni rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son, “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş tizimini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2022 yil 22 iyuldagi PQ-329-son qarorlari hamda “Yangi Özbekiston ma‘muriy islohotlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son Farmoni ijrosini ta‘minlaş, şuningdek, aholini, ayniqsa, yoşlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka yönaltiriş, ularning bandligini ta‘minlaş va şu orqali ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxşilaş, kasb-hunarga yönaltiriş samaradorligini oşiriş, ularni davlat tomonidan yanada qöllab-quvvatlaş maqsadida Oliy maktabning Öquv-uslubiy bölimi bilan hamkorlikda 40 akademik soatga möljallangan “Marketing xizmatlari hamda tovar va xizmatlarni reklamasini taşkil etiş” mavzusidagi öquv dasturi loyihasi işlab çiqildi.

Oliy maktabning Biznesni boşqariş (MBA) kafedrasi bölimi bilan hamkorlikda 44 akademik soatga möljallangan “Hokim yordamçilari faoliyati samaradorligini oşiriş va amaliy könikmalarini şakllantiriş” mavzusidagi qisqa muddatli malaka oşiriş kursining dastur loyihasi işlab çiqildi.

Bundan taşqari, Boş vazirning 2024 yil 15 yanvardagi 03/1-123-sonli topşiriğiga asosoan 15-16 may kunlari Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan 2 229 nafar hokim yordamçilarining malakasi oşirilib sertifikatlar taqdim etildi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 avgustdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş, xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş tizimini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Yoşlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş dasturlarini samarali amalga oşiriş hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uçun mikrokreditlar ajratiş çora-tadbirlari töğrisida” 2021 yil 22 iyundagi 388-son qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi 340-son qarori ijrosini ta‘minlaş

2025-yilning III-çorak yakuni böyiça amalga oşirilgan işlar böyiça MAʼLUMOT

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi “Hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlaştiriş va hududlarda öquv jarayonlarini taşkil etiş” bölimining 2025 yilning 9 oylik yakuni böyiça amalga oşirilgan işlar böyiça

MAʼLUMOT

Özbekiston Respublikasi Prezidentining“Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş tizimini takomillaştiriş va tadbirkorlikni rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son qarori, “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş tizimini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2022 yil 22 iyuldagi PQ-329-son qarori, “Yangi Özbekiston ma‘muriy islohotlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 avgustdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş, xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş tizimini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Yoşlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş dasturlarini samarali amalga oşiriş hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uçun mikrokreditlar ajratiş çora-tadbirlari töğrisida” 2021 yil 22 iyundagi 388-son qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi 340-son qarori ijrosini ta‘minlaş yuzasidan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining hududiy filiallari tomonidan quyidagi işlar amalga oşirildi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 avgustdagi 340-son qarorida belgilangan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş tizimini takomillaştiriş va tadbirkorlikni rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son, “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş tizimini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2022 yil 22 iyuldagi PQ-329-son qarorlari hamda “Yangi Özbekiston ma‘muriy islohotlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son Farmoni ijrosini ta‘minlaş, şuningdek, aholini, ayniqsa, yoşlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka yönaltiriş, ularning bandligini ta‘minlaş va şu orqali ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxşilaş, kasb-hunarga yönaltiriş samaradorligini oşiriş, ularni davlat tomonidan yanada qöllab-quvvatlaş maqsadida Oliy maktabning Öquv-uslubiy bölimi bilan hamkorlikda 40 akademik soatga möljallab işlab çiqilgan “Marketing xizmatlari hamda tovar va xizmatlarni reklamasini taşkil etiş” mavzusidagi öquv dasturi takomillaştirildi.

Oliy maktabning Biznesni boşqariş (MBA) kafedrasi bölimi bilan hamkorlikda işlab çiqilgan 44 akademik soatga möljallangan “Hokim yordamçilari faoliyati samaradorligini oşiriş va amaliy könikmalarini şakllantiriş” mavzusi doirasida Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning 1-4 iyul kunlari Farğona, Аndijon va Namangan viloyatlarida faoliyat yuritayotgan 2760 nafar Hokim yordamçilari uçun qisqa muddatli öquv kurslari taşkil qilindi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoev rahbarligida 2024-yilning 11-sentyabr kuni kengaytirilgan tarzda ötkazilgan videoselektor yiğilişining 39-sonli bayoni 28-bandida belgilangan vazifalar ijrosini hamda Prezident Аdministratsiyasining 2024-yil 15-oktyabrdagi 09-1736-son topşiriğiga muvofiq Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida ilmiy yondaşuvlar asosida kambağallikni qisqartiriş yuzasidan mahallalar kesimida takliflar işlab çiqib har oy respublika komissiyasiga kiritib boriş belgilangan.

Mazkur topşiriq ijrosini samarali ta‘minlaş maqsadida joriy yilning 9 oyi davomida Qoraqalpoğiston Respublikasining 9 ta şahar va tumanlari (Nukus şahri, Kegeyli, Çimboy, Şumanay, Qonliköl, Qoraözak, Amudaryo, Bözatov, Qönğirot tumanlari) va Xorazm viloyatining 9 ta şahar va tumanlari (Urganç, Xiva şaharlari, Xiva, Xazorasp, Xonqa, Yangibozor, Şovot, Qöşköpir, Yangiariq, Tuproqqal’a tumanlari) ga xizmat safarlari taşkil qilinib, joylardagi tadbirkorlik muhiti, hukumatimiz tomonidan amalga oşirilayotgan islohatlar samarasi yuzasidan umumlaştirilgan tahliliy ma’lumotlar işlab çiqildi.

6. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 avgustdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş, xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş tizimini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Yoşlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş dasturlarini samarali amalga oşiriş hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uçun mikrokreditlar ajratiş çora-tadbirlari töğrisida” 2021 yil 22 iyundagi 388-son qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi 340-son qarori ijrosini ta‘minlaş maqsadida Xududiy filiallar tomomnidan “Marketing xizmatlari hamda tovar va xizmatlarni reklamasini taşkil etiş” mavzusida qisqa muddatli öquv-seminar maşğulotlarining 37-bosqiçi yakunlandi. Hududiy filiallar tomonidan bugungi kunga qadar 30 ming nafar aholi kasbiy-talim.uz platformasi orqali öqitilib iqtisodiy bilimlari oşirildi. 

Şuningdek, hududiy filiallar tomonidan öqitilgan, 30 ming nafar tinglovçilardan 9547 nafari ayollar daftarida, 7418 nafari özini-özi band qilgan, 50 nafari yuridik şaxs sifatida davlat röyxatidan ötgan va 1541 nafariga davlat tomonidan subsidiyalar ajratilgan.