Ariza topşiriş (yangi oynada oçiladi)
Xalqaro a’zoliklar va sertifikatlar

CPD sertifikatlaş xizmati

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi uzluksiz kasbiy ta’limni akkreditatsiyadan ötkazuvçi Buyuk Britaniyaning mustaqil “The CPD Certification Service” taşkilotining rasmiy a’zosi sifatida e’tirof etildi.

“The CPD Certification Service” öttiz yildan buyon uzluksiz professional rivojlaniş tamoyillari asosida ta’lim dasturlarini mustaqil ekspertizadan ötkazuvçi dunyodagi eng yirik va nufuzli taşkilotlardan biri hisoblanadi. Taşkilotning asosiy faoliyati öquv kurslari, seminar va treninglarning sifatini ekspertiza qiliş va baholaş, şuningdek, ularning xalqaro standartlarga muvofiqligini aniqlaşdan iboratdir. Jahon miqyosidagi yetakçi universitetlar uçun uşbu tuzilmaga a’zolik ta’lim dasturlarining global darajada tan olinişiga kömaklaşiş bilan bir qatorda, bitiruvçilarga xalqaro mehnat bozorida yuqori öringa ega bölgan professional uzluksiz ta’lim kreditlari hamda sertifikatlarini taqdim etiş imkonini beradi.

Xususiy biznes va tadbirkorlikning barça vakillari uçun oçiq hamda qulay muhitga ega bölgan ta’lim-ilm-fan ekotizimini şakllantiriş Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Uşbu yönalişda, “The CPD Certification Service” taşkiloti bilan hamkorlik qilişdan közlangan maqsad – yuqori malakali boşqaruv kadrlarini tayyorlaş böyiça öquv jarayonini takomillaştiriş hamda ta’lim jarayonining ilmiy-metodik ta’minoti sifatini xalqaro standartlarga muvofiq ravişda oşirişdan iboratdir.

Şu munosabat bilan, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga amaldagi va yangidan işlab çiqilayotgan intensiv öquv modullarini xalqaro talab va standartlar asosida verifikatsiyadan ötkaziş huquqi taqdim etiladi. Jumladan, ekologik, ijtimoiy va korporativ boşqaruv prinsiplari (ESG) hamda yaşil iqtisodiyot kabi bugungi kunning eng dolzarb yönalişlaridagi ixtisoslaştirilgan öquv dasturlari Buyuk Britaniya ekspertlari nazoratidan ötkazilib, tegişli muvofiqlik sertifikatlariga ega böladi.

“The CPD Certification Service” taşkilotiga a’zolik, şuningdek, Biznes oliy maktabining xorijiy hamkorlar bilan akademik hamkorligini kengaytirişga, xalqaro grantlarni jalb etişga hamda ilmiy-ma’rifiy loyihalarda faol iştirok etişiga xizmat qiladi.