Normativ hujjatlar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 904-son, 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son, 2024-yil 13-dekabrdagi “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 836-son qarorlari, “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti va boshqa sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida (keyingi o‘rinlarda – Oliy maktab) magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistraturada yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tishning mezonlari va talablarini belgilaydi.