Xalqaro ikki diplom: MBA IT Business (AJOU)

“MBA in IT-Business” qo‘shma ta’lim dasturi - Mazkur qo‘shma ta’lim dasturi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Janubiy Koreyaning AJOU universiteti hamkorligida tashkil etilgan. MBA in IT-Business bu komponent — IT xizmatlari va mahsulotlari yordamida biznesdagi muammolarni samarali hal qilishni anglatadi. Zamonaviy bizneslar tobora ko‘proq texnologiyalarga tayanmoqda, biroq texnik bilimlarning o‘zi yetarli emas — ularni bozordagi ehtiyojlarga moslashtirish, raqamli mahsulotga aylantirish va ularni samarali boshqarish ham muhim. Shu sababli: “MBA IT Business” — bu texnologik bilimlar bilan biznes boshqaruvi ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirib, sizni raqamli zamonning yetakchisiga aylantiradigan yo‘ldir.
✔️ Masalan: Biror kompaniya mijozlari kamayib ketganmi? — Siz bu muammoni yechish uchun mijozlar haqidagi ma’lumotlarni (data) tahlil qilib, ularga moslashtirilgan (personalized) marketing platformasi yaratishni taklif qilasiz.
✔️ Kompaniyada ish jarayonlari sekin ishlayaptimi? — Siz avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida operatsiyalarni tezlashtirish bo‘yicha IT yechim taklif qilasiz.
✔️ Raqobatchilar bozorda ilgariga o‘tib ketganmi? — Siz sun’iy intellekt, mobil ilova yoki raqamli mahsulotlar orqali kompaniyaning ustunlikka erishish strategiyasini ishlab chiqasiz.
Dastur Janubiy Koreyaning Ajou universiteti bilan hamkorlikda olib borilib tinglovchilar:
1-yil O‘zbekistonda – Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida,
2-yil Janubiy Koreyada – AJOU universitetida tahsil oladilar.
Dasturning afzalliklari:
✔️ O‘zbekistonda va Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari
✔️ Yetakchi xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladigan darslar
✔️ Amaliyot va loyiha ishlarida qatnashish orqali real biznes muhitida tajriba orttirish
✔️ Ajou universitetining “IT-Business” va Oliy biznes maktabining magistr (MBA) diplomlari
Shuningdek, “MBA IT Business” dasturi davomida quyidagilar o‘qitiladi:
✔️ IT va raqamli tizimlar asoslari
✔️ Biznes-analitika va ma’lumotlar tahlili
✔️ Startaplar yaratish va boshqarish
✔️ Raqamli mahsulot menejmenti (Product Management)
✔️ Loyihalarni boshqarish (Project Management)
✔️ Innovatsion menejment va texnologik transformatsiya
✔️ Strategik fikrlash va global biznes tendensiyalari
⭐ Darslar tajribali o‘zbek va koreyalik professorlar tomonidan olib boriladi.
🎓 Zamonaviy texnologiyalar bilimlarini strategik fikrlash va menejerlik ko‘nikmalari bilan uyg‘unlashtirib, zamonaviy mutaxassisga aylaning.
-
Qo‘shimcha ma`lumotlar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga qabul bo‘yicha ma'lumot
Mutaxassislik kodi
Mutaxassislik nomi
Kvalifikatsiya
O‘qish muddati
Ta'lim shakli
Qabul vaqti
Kontrakt summasi(so‘m)
70410901(Korea standarti)
1. Biznesni boshqarish(Master of Business Administration)
2. Axborot texnologiyalari(IT Businees)
Iqtisodchi, pedagog - tadqiqotchi
(Korea standarti)
2 yil
Kunduzgi
Qabul komissiyasi:Iyul-Avgust
O‘qish boshlanish vaqti: Sentyabr
4 000 $ (1 yil)
8 000 $(2 yil)
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy taʼlim muassasasi bakalavr bosqichini tamomlagan;
- 45 yoshgacha.
Ingliz tilidan:
- IELTS bo‘yicha 5,0 ball;
- TOEFL bo‘yicha 72 balldan kam bo‘lmagan darajada.
Qabul sinovlari tartibi:
- Suhbat (Maxsus dastur va umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha);
- DTM tomonidan test sinovlari (mutaxassislik va ingliz tilidan).
Talab etiladigan hujjatlar:
Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
- (Agar yuridik shaxқ bo‘lsa) davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subʼektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo‘yilgan tavsiya xati;
- oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
- 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;
- pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
- ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat/sertifikat (agar mavjud bo‘lsa).
O‘qishga hujjat topshirish:
Elektron shaklda Oliy biznes maktabining e-tinglovchi.gsbe.uz orqali amalga oshiriladi.