Ariza topşiriş (yangi oynada oçiladi)
Oliy maktab

BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI HAQIDA

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi – zamonaviy bilimlar, innovatsion yondaşuvlar va xalqaro tajriba asosida malakali kadrlar tayyorlaydigan yetakçi taʼlim muassasasi hisoblanadi. Oliy biznes maktabi dastlab 2001-yilda taşkil etilgan bölib, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-aprel PQ-108-son qaroriga asosan Oliy biznes maktabi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida qayta taşkil etilgan.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabr 904-son qarorida Oliy biznes maktabining asosiy faoliyat yönalişlari, maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.

Oliy biznes maktabi iqtisodiy islohotlar va zamonaviy boşqaruv mexanizmini yölga qöyişda ilmiy yondaşuvlar hamda yangi fikrlaşni joriy etişga yönaltirilgan.

Missiya va qadriyatlar (values)

Oliy biznes maktabining missiyasi – zamonaviy bilimlar, innovatsion yondaşuv va xalqaro tajribaga asoslangan holda, raqamli transformatsiya va yaşil iqtisodiyot şaroitida samarali işlay oladigan yetakçi mutaxassislarni tayyorlaşdir. Oliy biznes maktabi öz faoliyati davomida iqtisodiyotning rivojlanişiga hissa qöşadigan, yangiça fikrlaydigan, masʼuliyatli va taşabbuskor yetakçilarni şakllantirişga intiladi.

Oliy biznes maktabi taʼlim sifatini taʼminlaş, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, oçiqlik va jamiyat bilan samarali muloqot kabi qadriyatlarga sodiq.

Oliy biznes maktabining magistratura va MBA dasturlari – bu şunçaki taʼlim emas, balki tinglovçilarda öz sohasi böyiça yetakçiga aylaniş yöli! Global biznes tendensiyalariga mos ravişda işlab çiqilgan uşbu dasturlar amaliy bilim va real bozor talablarini birlaştiradi.

Ta’lim dasturlari (Degree Programs)

  • MBA – Moliya

  • MBA – Raqamli iqtisodiyot

  • MBA – Taşkiliy liderlik

  • PM – Loyiha boşqaruvi

    Ikki diplom dasturlari

  • MBA – IT Business (AJOU)

  • MBA – Korporativ boşqaruv va strategik rivojlaniş (RANXiGS)

  • MBA – Innovatsion menejment (QFU)

PhD va DSc dasturlari

Oliy biznes maktabi ilmiy-tadqiqot va innovatsion taraqqiyot markazi sifatida yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratgan holada oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida tayanç doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvçilik asosida ilmiy izlaniş olib boriş imkoniyatini yaratadi.

Ilmiy faoliyat quyidagi yönalişlar böyiça olib boriladi:

08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit

Moliya tizimining nazariy va amaliy asoslari, pul muomalasi, kredit mexanizmlari, bank va nobank moliya institutlari faoliyati hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlaş masalalari böyiça ilmiy tadqiqotlarni öz içiga oladi. Şuningdek, moliya bozorlarining rivojlanişi, davlat va korporativ moliya boşqaruvi, moliyaviy risklarni boşqariş hamda zamonaviy raqamli moliyaviy texnologiyalarning iqtisodiyotga ta’siri çuqur tahlil qilinadi.

08.00.13 – Menejment

Moliya tizimining nazariy va amaliy asoslari, pul muomalasi, kredit mexanizmlari, bank va nobank moliya institutlari faoliyati hamda moliyaviy barqarorlikni taʼminlaş masalalari böyiça ilmiy tadqiqotlarni öz içiga oladi. Şuningdek, moliya bozorlarining rivojlanişi, davlat va korporativ moliya boşqaruvi, moliyaviy risklarni boşqariş hamda zamonaviy raqamli moliyaviy texnologiyalarning iqtisodiyotga taʼsiri çuqur tahlil qilinadi.

08.00.15 – Kiçik biznes va tadbirkorlik iqtisodiyoti

Uşbu yönaliş tadbirkorlikning zamonaviy tamoyillari, kiçik biznesni rivojlantiriş strategiyalari, iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik ekotizimining barqarorligi böyiça ilmiy tadqiqotlarni qamrab oladi.

08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya

Raqamli transformatsiya jarayonlari, innovatsion texnologiyalar, xalqaro raqamli tizimlar va ularning iqtisodiyotga taʼsiri böyiça ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Uşbu yönaliş biznes muhitida raqamli ekotizimlarni rivojlantirişga qaratilgan.

Tadqiqot (Research)

Oliy biznes maktabi ilmiy izlanişlar va tahlillar asosida iqtisodiy va biznes jarayonlarini takomillaştiriş yönalişida faoliyat yuritadi Oliy biznes maktabi ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş orqali korporativ boşqaruv, transformatsiya jarayonlari, yaşil iqtisodiyot va tadbirkorlik rivojiga taʼsir körsatadigan innovatsion yeçimlarni işlab çiqişga yönaltirilgan.

Ilmiy tadqiqot yönalişlari

Transformatsiya jarayonlari va korporativ boşqaruv – menejment tizimlarini baholaş, diagnostika qiliş va samarali boşqaruv tamoyillarini işlab çiqiş.

Yaşil iqtisodiyot va barqaror rivojlaniş – ekologik texnologiyalarni joriy etiş, barqaror biznes modellarini şakllantiriş va yaşil iqtisodiyotni rivojlantiriş.

Tadbirkorlik ekotizimi va startap loyihalar – yangi biznes taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, innovatsion loyihalarni şakllantiriş va tadbirkorlikni rivojlantirişga kömaklaşiş.

Hududiy rivojlaniş va iqtisodiy tahlil – mintaqaviy iqtisodiy salohiyatni aniqlaş, hududlarni strategik rivojlantiriş böyiça takliflar işlab çiqiş.

Xalqaro hamkorlik va ekspertiza – xalqaro taşkilotlar va xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib boriş, xalqaro tajribalarni joriy etiş.

Ilmiy tadqiqot faoliyatining vazifalari

Tahlil va tadqiqotlar orqali davlat va biznes sektorlarini ilmiy jihatdan qöllab-quvvatlaş.

Biznes va tadbirkorlik, korporativ boşqaruv, “yaşil” va raqamli iqtisodiyot yönalişlarini rivojlantiriş yuzasidan Vazirlar Mahkamasi va boşqa davlat organlarini ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaş.

Tadbirkorlik va biznes jarayonlarini rivojlantiriş böyiça öquv-uslubiy materiallar tayyorlaş.

Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikni yölga qöyiş. Ilmiy anjumanlar, konferensiyalar va ekspert muhokamalarini taşkil etiş.

Oliy biznes maktabining ilmiy-tadqiqot yönalişi ilm-fan, innovatsiyalar va iqtisodiy islohotlar örtasidagi boğliqlikni mustahkamlaşga qaratilgan bölib, ilmiy yondaşuv orqali amaliy natijalarga erişiş tamoyiliga asoslanadi.

Ilmiy faoliyatni qöllab-quvvatlaş va xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytiriş maqsadida Oliy biznes maktabida quyidagi muhim ilmiy markaz va ofislarni taşkil etgan:

Ilmiy faoliyatni muvofiqlaştiriş ofisi – tadqiqot loyihalarini samarali boşqariş, ilmiy grantlarni jalb etiş va xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytiriş orqali ilmiy-tadqiqot jarayonlarini muvofiqlaştiriş, innovatsion izlanişlarni qöllab-quvvatlaş va ilğor ilmiy ğoyalarni amaliyotga tatbiq etiş orqali akademik rivojlanişga hissa qöşadi.

"Yaşil iqtisodiyotni ilgari suriş va joriy etiş" loyiha ofisi – ekologik barqarorlik va yaşil iqtisodiyot tamoyillarini rivojlantiriş, innovatsion biznes yeçimlarini şakllantiriş hamda "yaşil" texnologiyalarni joriy etişning institutsional asoslarini mustahkamlaş böyiça faoliyat olib boradi. Şuningdek, ofis ilmiy va innovatsion tadqiqotlar ötkaziş, kadrlar malakasini oşiriş hamda uşbu sohada yetakçi xorijiy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yölga qöyiş orqali yaşil iqtisodiyot rivojiga hissa qöşadi.

Biznes-inkubator va startap loyihalar bilan işlaş markazi – innovatsion biznes va startap ğoyalarni loyiha darajasiga yetkaziş va ularning muvaffaqiyatli rivojlanişini taʼminlaş maqsadida konsalting va mentorlik xizmatlarini taqdim etadi. Markaz biznes ekotizimini şakllantiriş, menejment, marketing, buxgalteriya, huquqiy masalalar va boşqa yönalişlarda mutaxassislarning ekspert yordamini körsatib, startaplarning barqaror ösişi va bozorda raqobatbardoş bölişiga kömaklaşadi.

Professional va uzluksiz ta’lim (Executive Programs)

Oliy biznes maktabi zamonaviy boşqaruv ilmlari böyiça innovatsion taʼlim dasturlarini taqdim etadi. Bizning öquv kurslarimiz va malaka oşiriş dasturlarimiz xalqaro tajriba, ilmiy izlanişlar va amaliyot asosida şakllantirilgan bölib, iştirokçilarning kasbiy rivojlanişi va şaxsiy ösişini tezlaştirişga xizmat qiladi.

Bu dasturlar işbilarmonlar, davlat sektori vakillari va korporativ yetakçilar uçun maxsus işlab çiqilgan bölib, ularning kasbiy kompetensiyalarini oşiriş, strategik fikrlaş könikmalarini rivojlantiriş va real iqtisodiy muhitda samarali işlaşiga yordam beradi.

Oliy biznes maktabi 30 dan ortiq zamonaviy öquv va malaka oşiriş dasturlarini taklif etadi. Kurslar dolzarb tadqiqotlar, innovatsion metodologiyalar va zamonaviy biznes amaliyotlari asosida işlab çiqilgan bölib, iştirokçilarga raqamli transformatsiya, yaşil iqtisodiyot va tadbirkorlik ekotizimi kabi muhim yönalişlarda çuqur bilim va könikmalarni egallaş imkonini beradi.