Magistratura dasturi (MS/MBA)
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2025-2026 o‘quv yilining magistratura (MS/MBA) dasturlariga qishki qabul jarayonlari 2025-yil 22-dekabrdan boshlanadi.
Bugungi kunda ishbilarmonlik muhiti misli ko‘rilmagan tezlikda o‘zgarib bormoqda. Yangi texnologiyalar, raqamli transformatsiya, global iqtisodiy siljishlar va bozordagi keskin raqobat sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun faqatgina nazariy bilimlar yetarli emas. Yangi davr rahbarlaridan muammolarga tizimli yondashuv, strategik fikrlash, tejamkor va innovatsion qarorlar qabul qilish, hamda rahbarlik fazilatlari talab etiladi.
Aynan shuning uchun Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistrlik dasturlari sizni haqiqiy lider, innovator va samarali boshqaruvchi sifatida shakllantirishga qaratilgan.
Magistratura yo‘nalishlari:
Bu yerda siz nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lasiz, balki real biznes loyihalarida ishtirok etasiz, amaliy tajriba orttirasiz, va eng muhimi, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirasiz.
MBA mutaxassisliklariga kamida umumiy uch yil ish stajiga ega 45 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar qabul qilinadi (o‘qitishning faqat kunduzgi shakliga). MSc mutaxassisligiga mehnat staji talab etilmaydi.
Shuningdek, nomzodlar suhbat va test sinovlari natijalari bo‘yicha ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.
Qabul e-tinglovchi.gsbe.uz platformasi orqali amalga oshiriladi
Kerakli hujjatlar:
- Bakalavr diplomi (PDF yoki JPG nusxasi);
- Tavsiyanoma (ish joyidan rahbar imzosi bilan tasdiqlangan, PDF yoki JPG nusxasi);
- Mehnat daftarchasi (my.gov.uz saytidan olingan PDF yoki JPG nusxasi);
- Pasport yoki ID (imtixon jarayonida asl nusxasi taqdim etiladi);
Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat yoki sertifikat (agar mavjud boʻlsa) PDF yoki JPG nusxasi.
Magistraturaga kirish imtihonlaridan (suhbat va test) muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy biznes maktabiga taqdim etadi.
-
2025/2026 o‘quv yili uchun qishki qabul kvotasi
T/r
Mutaxassisliklar
Umumiy qabul kvotasi
Kunduzgi (1 yil)
Kechki (1,5 yil)
1.
MSc Loyiha boshqaruvi 30
30
-
MBA
Kunduzgi (1,5 yil)
Kechki (2 yil)
2.
MBA Raqamli iqtisodiyot 50
30
20
3.
MBA Moliya 55
30
25
JAMI 135
90
45