MBA Raqamli iqtisodiyot

“MBA Raqamli iqtisodiyot” magistratura dasturi

Dastur haqida umumiy ma’lumot

Dastur turi: Magistratura (MBA — Master of Business Administration)

Yo‘nalish: Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy)

Ta’lim tili: O‘zbek va rus tili.

Diplom: Davlat tomonidan tasdiqlangan magistr diplomi

 

Bu dastur kimlar uchun mo‘ljallangan?

  • Rahbar kadrlar — kompaniya yoki tashkilotlarda yuqori lavozimlarda ishlovchi mutaxassislar
  • Davlat xizmatidagi mutaxassislar — raqamli transformatsiyani davlat boshqaruv tizimiga tatbiq etuvchilar
  • Tadbirkorlar — raqamli texnologiyalar yordamida biznesni samarali boshqarishni istovchilar
  • IT sohasida ishlovchilar — o‘z bilimlarini iqtisodiy boshqaruv bilan boyitmoqchi bo‘lganlar
  • Yangi kasb egallamoqchi bo‘lgan mutaxassislar — texnologik va biznes sohalari kesishmasida faoliyat yuritishni istovchilar uchun.

 

Dastur doirasida nimalar o‘rganiladi?

Asosiy modullar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Raqamli iqtisodiyot nazariyasi va amaliyoti — Raqamli iqtisodiyot nima? Qanday ishlaydi? Uning asosiy tendensiyalari.
  • Raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar — Sun’iy intellekt, blokcheyn, Big Data, IoT, bulutli (cloud) texnologiyalar.
  • Raqamli marketing va e-commerce — Onlayn savdo, raqamli brending, marketing strategiyalari.
  • Biznesni raqamlashtirish — Raqamli transformatsiya jarayonlarini rejalashtirish va amalga oshirish.
  • Ma’lumotlar tahlili va boshqaruvi (Data Analytics) — Ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qarorlar qabul qilishda qo‘llash.
  • Boshqaruv axborot tizimlari (Management Information Systems) — Texnologiyalar yordamida tashkilotlar faoliyatini samarali boshqarish uchun kerakli axborotni yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va taqdim etish.

 

Kelajakda bu dasturning qanday foydasi tegadi?

  • Yangi ish o‘rinlari va kasbiy yo‘nalishlar — Fintech, e-commerce, raqamli marketing, IT-menejment sohalariga kirish imkoniyati.
  • Raqamli dunyoda raqobatbardosh bo‘lish — zamonaviy bilimlar va texnologiyalarni bilgan mutaxassis doimo talabda bo‘ladi.
  • Biznesni zamonaviy usulda rivojlantirish — an’anaviy biznesni raqamlashtirish orqali unumdorlik va daromadni oshirish mumkin.
  • Xalqaro mehnat bozorida tan olinadigan ko‘nikmalar — MBA darajasi ko‘plab xorijiy ish beruvchilar uchun yuqori malaka belgisi hisoblanadi.

 

Katta marralar sari imkoniyatlaringizni kengaytiring!

  • Qo'shimcha ma'lumot

    Mutaxassislik kodiMutaxassislik nomiKvalifikatsiyaO‘qish muddatiTa'lim shakliQabul vaqtiKontrakt summasi (so‘m)
    70410901Biznesni boshqarish (MBA - Raqamli iqtisodiyot)Iqtisodchi, pedagog - tadqiqotchi

    1,5 yil

    2 yil

    Kunduzgi 

    Kechki

    Qabul komissiyasi: Iyul–Avgust, Dekabr–Yanvar.

    O‘qish boshlanish vaqti: Sentabr, Mart

    O‘quv dasturining bir yili uchun to‘lov narxi 29,0 mln. so‘m

     

    Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

    • Oliy maʼlumotga hamda kamida umumiy uch yil ish stajiga ega boʼlishi;
    • 45 yoshgacha (yosh bo‘yicha cheklov faqat kunduzgi ta’lim shakliga tegishli).

     

    Imtihon jarayoni:

    • Suhbat (mutaxassislik va umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha);
    • DTM testlari (mutaxassislik va ingliz tili bo‘yicha).

     

    Ingliz tili afzalliklari:

    • CEFR darajasi bo‘yicha B2;
    • IELTS – 5.0 ball;
    • TOEFL – kamida 72 ball.

     

    Kerakli hujjatlar:

    Magistraturaga kirishni istagan nomzodlar rasmiy veb-sayt orqali Oliy biznes maktabi direktoriga murojaat qilishadi va quyidagi hujjatlarning nusxasini taqdim etishadi:

    1. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari yoki tadbirkorlik subyektlari rahbarlari tomonidan imzolangan tavsiyanoma;
    2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;
    3. 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;
    4. Pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
    5. Mehnat daftarchasi (my.gov.uz saytidan olingan PDF yoki JPG nusxasi);
    6. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud bo‘lsa).

     

    O‘qishga ariza topshirish:

    Hujjatlar faqat elektron shaklda, Oliy biznes maktabining rasmiy veb-saytiga yuklash orqali qabul qilinadi.