MBA Agrobiznes
MBA “Agrobiznes” magistratura dasturi
Dastur haqida umumiy ma’lumot
Dastur turi: Magistratura (MBA — Master of Business Administration)
Yo‘nalish: Agrobiznes (Agricultural business)
Ta’lim tili: O‘zbek va rus tili.
Diplom: Davlat tomonidan tasdiqlangan magistr diplomi
O‘quv fanini o‘rganishdan maqsad magistrlarda jahon qishloq xo‘jaligi biznesini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligining ishlab chiqaruvchi kuchlarini taqsimlash qonuniyatlari, ularning mamlakati va hududiy lokalizatsiyasi va mahalliylashtirish bo‘yicha tizimlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Ixtisoslashuvi, shuningdek, xalqaro iqtisodiyotning agrar sektorida biznesning innovatsion shakllarining tajribasi va samaradorligini oshirish ko’nikmalarini ochib berishdan iborat. Agrobiznesning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda rivojlantirish istiqbollari, tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, agrobiznes faoliyatining huquqiy asoslari, mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar va ulardan samarali foydalanish, agrobiznesda mehnat faoliyatini tashkil etish, agrobiznesda tavakkalchilik, boshqaruvda axborot va kommunikatsiyadan foydalanish yo‘llarini o‘z ichiga oladi.
Dasturda nimalar o‘rganiladi?
- Jahon agrobiznes, xalqaro oziq-ovqat tizimlari va jahon agrosanoat bozorlarining mohiyati, mazmuni, rivojlanish qonuniyatlari va tendentsiyalarini o‘rganish
- Rivojlangan davlatlar misolida kursning eng muhim masalalarini taqdim etish, agrooziq-ovqat sohasida jahon iqtisodiy aloqalarini qurish bo‘yicha kasbiy tafakkurni rivojlantirish
- Ishlab chiqarish munosabatlari va xalqaro agrobiznes sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish
- Iqtisodiy integratsiyaning asosiy yo'nalishlarini, agrobiznesda xalqaro iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik shakllarini belgilash
- Statistik ma'lumotlardan foydalanish, tegishli usullar va xalqaro va mahalliy agrobiznesda sodir bo'layotgan jarayonlarni tahlil qilish usullari
- Bozor iqtisodiyot talablari asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini hosil qilish, agrobiznesda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning samarali faoliyat yuritishlari uchun yangi bilimlarni egallash va ularni amaliyotda qo‘llash
- Agrobiznesda tashkiliy va ishlab chiqarish tizimlarini ilmiy asoslash, boshqaruv qonunlari va tamoyillarini, funksiyalarini, agrobiznesni boshqarish usullarini, ishlab chiqarishni tashkil etishni yangi metodlarini joriy etish yo‘llarini yoritish
- Agrobiznesda boshqaruv va uning funksiyalari, usullari, qonunlari, tamoyillari yuzasidan amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat
Olinadigan ko’nikmalar
- Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida qishloq xo'jaligining o'rni
- Qishloq xo`jaligi korxonalari va agrosanoat majmuasining tarkibi, asosiy tarmoqlarning texnik darajasi, mahsuldorlik, barqarorlik va samaradorlik
- Yer resurslari va ulardan qishloq xo'jaligida foydalanish darajasi
- Qishloq xo'jaligi yerlarining maydoni, tarkibi, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yerlarning mavjudligi
- Yerga egalik qilish va yerdan foydalanishning asosiy shakllari
- Qishloq xo'jaligining suv resurslari
- Qishloq xo'jaligining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, uning ishlab chiqarish-iqtisodiy xususiyatlari
- Qishloq xo'jaligining rivojlanishiga ilmiy-texnikaviy inqilobning ta'siri. Iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha bo'lgan mamlakatlarda fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari va xususiyatlari
- Qishloq xo'jaligining mehnat resurslari, zamonaviy qishloq ijtimoiy tuzilishidagi o'zgarishlar va qishloq xo'jaligida band bo'lgan ishchilarning ahvoli
- Qishloq xo'jaligida bandlik va mehnat unumdorligi
“MBA Agrobiznes” — agrar sohada chuqur bilim olish, zamonaviy boshqaruv va innovatsion yondashuvlarni egallash, qishloq xo‘jaligi va agrobiznesda strategik fikrlaydigan, barqaror va raqobatbardosh yetakchiga aylanishni istaganlar uchun eng to‘g‘ri tanlovdir.
-
Qo'shimcha ma'lumot
Mutaxassislik kodi Mutaxassislik nomi Kvalifikatsiya O‘qish muddati Ta'lim shakli Qabul vaqti Kontrakt summasi (so‘m) 70410901 Biznesni boshqarish (MBA - Agrobiznes) Iqtisodchi, pedagog - tadqiqotchi 1,5 yil
2 yil
Kunduzgi
Kechki
Qabul komissiyasi: Iyul–Avgust, Dekabr–Yanvar.
O‘qish boshlanish vaqti: Sentabr, Mart
O‘quv dasturining bir yili uchun taxminiy to‘lov narxi 29,0 mln. so‘m Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy maʼlumotga hamda kamida umumiy uch yil ish stajiga ega boʼlishi;
- 45 yoshgacha (yosh bo‘yicha cheklov faqat kunduzgi ta’lim shakliga tegishli).
Imtihon jarayoni:
- Suhbat (mutaxassislik va umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha);
- DTM testlari (mutaxassislik va ingliz tili bo‘yicha).
Ingliz tili afzalliklari:
- CEFR darajasi bo‘yicha B2;
- IELTS – 5.0 ball;
- TOEFL – kamida 72 ball.
alab etiladigan hujjatlar:
Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt orqali Oliy biznes maktabi direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
- Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari yoki tadbirkorlik subyektlari rahbarlari tomonidan imzolangan tavsiyanoma;
- Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;
- 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;
- Pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
- Mehnat daftarchasi (my.gov.uz saytidan olingan PDF yoki JPG nusxasi);
- Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud bo‘lsa).
O‘qishga ariza topshirish:
Hujjatlar faqat elektron shaklda, Oliy biznes maktabining rasmiy veb-saytiga yuklash orqali qabul qilinadi.