Ariza topşiriş (yangi oynada oçiladi)
Magistratura

Xalqaro ikki diplom: MBA "Innovatsion menejment" (QFU)

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va Qozon federal universitetining qöşma ta’lim dasturi

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qozon federal universiteti (QFU) bilan hamkorlikda raqamli iqtisodiyot va innovatsion rivojlaniş şaroitida biznesni samarali boşqarişga qodir bölgan zamonaviy rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlaşga qaratilgan ikki diplomli qöşma ta’lim dasturiga 2026-2027- öquv yili qabul e’lon qiladi.

Dastur Özbekiston va Rossiyaning yetakçi oliy ta’lim muassasalari ilmiy-ta’lim salohiyatini birlaştirgan holda, ilğor akademik an’analar, zamonaviy boşqaruv yondaşuvlari hamda amaliyotga yönaltirilgan ta’lim tamoyillari asosida amalga oşiriladi. Qozon federal universiteti Rossiya Federatsiyasining yetakçi ilmiy-ta’lim markazlaridan biri bölib, QS World University Rankings 2026 xalqaro reytingida dunyoning eng yaxşi 450 ta universiteti qatoridan örin olgan, Times Higher Education World University Rankings 2026 reytingida dunyoning yetakçi 801–1000 ta universitetlari guruhiga kiritilgan hamda Rossiya universitetlarining Milliy reytingida 8-örinni egallagan.

Ta’lim dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilarga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan “Innovatsion menejment” mutaxassisligi böyiça MBA darajasi, şuningdek, Qozon federal universiteti tomonidan “Menejment” yönalişi böyiça magistr darajasi beriladi.

DASTURNING MAQSADLI AUDITORIYASI

Dastur tadbirkorlar, biznes egalari, örta va yuqori böğin rahbarlari, davlat boşqaruvi organlari va korporativ sektor mutaxassislari, şuningdek zamonaviy boşqaruv bilimlarini egallaş, kasbiy salohiyatini oşiriş va faoliyatida innovatsion yondaşuvlarni qöllaşni maqsad qilgan tinglovçilar uçun möljallangan.

Dastur innovatsiyalarni joriy etiş, taşkilotlarni rivojlantiriş, biznes jarayonlarini takomillaştiriş hamda samarali boşqaruv qarorlarini qabul qiliş könikmalarini şakllantirişni istagan mutaxassislar uçun alohida ahamiyat kasb etadi.

DASTURNING MAQSADI

Innovatsion rivojlaniş, strategik boşqaruv va biznesni rivojlantiriş sohalarida zamonaviy bilim va amaliy könikmalarga ega bölgan, murakkab boşqaruv vazifalarini samarali hal eta oladigan hamda taşkilotlarning barqaror rivojlanişini ta’minlaşga qodir bölgan yuqori malakali rahbar va mutaxassislarni tayyorlaş.

Dastur tinglovçilarga menejment va iqtisodiyotning ustuvor yönalişlari böyiça tizimli bilimlarni egallaş, innovatsion faoliyatni boşqariş, strategik rejalaştiriş, moliyaviy menejment, biznes-rejalaştiriş, loyiha boşqaruvi, ma’lumotlar tahlili va zamonaviy raqamli boşqaruv texnologiyalaridan samarali foydalaniş könikmalarini rivojlantiriş imkonini beradi.

Şuningdek, dastur doirasida tinglovçilarda strategik va tahliliy fikrlaş, liderlik, samarali muloqot, jamoani boşqariş hamda zamonaviy boşqaruv faoliyati uçun zarur bölgan professional, kommunikativ va raqamli kompetensiyalar şakllantiriladi.

DASTURNING AFZALLIKLARI

  • Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi davlat namunasidagi ikki diplomni qölga kiritiş imkoniyati;

  • Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Qozon federal universitetining ilğor akademik tajribasi asosida işlab çiqilgan qöşma ta’lim dasturida tahsil oliş imkoniyati;

  • Rossiyaning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri, 220 yildan ortiq tarixga ega Qozon federal universitetining akademik salohiyati va ta’lim tajribasidan foydalaniş imkoniyati;

  • menejment, iqtisodiyot, innovatsiyalar va biznesni rivojlantiriş sohalaridagi yetakçi professor-öqituvçilar hamda amaliyotçi mutaxassislar iştirokida ta’lim oliş;

  • innovatsion menejment, strategik boşqaruv va raqamli iqtisodiyot yönalişlaridagi zamonaviy bilim va amaliy könikmalarni egallaş;

  • xalqaro akademik standartlar asosida taşkil etilgan ta’lim jarayonida iştirok etiş;

  • ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarni amalga oşiriş orqali boşqaruv faoliyatida zarur bölgan amaliy tajribani şakllantiriş;

  • liderlik salohiyati, strategik qarorlar qabul qiliş va taşkiliy rivojlanişni boşqariş kompetensiyalarini rivojlantiriş;

  • zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ilğor xalqaro tajribalar va raqamli öqitiş vositalaridan foydalaniş imkoniyati;

  • milliy va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoş mutaxassis sifatida faoliyat yuritiş uçun zarur bilim va könikmalarni egallaş;

  • xalqaro akademik va kasbiy hamkorlik tarmoqlariga integratsiyalaşiş hamda kasbiy rivojlaniş imkoniyatlarini kengaytiriş.

Röyxatdan ötiş: e-tinglovçi.gsbe.uz

Dastur zamonaviy biznes muhitida muvaffaqiyatli faoliyat yuritiş, innovatsiyalarni samarali boşqariş va taşkilotlarning uzoq muddatli raqobatbardoşligini ta’minlaşga qodir bölgan yangi avlod rahbarlarini tayyorlaşga xizmat qiladi.

Qöşimça ma'lumotlar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va QFU qöşma dasturiga qabul qiliş uçun talablar

Mutaxassislik kodiMutaxassislik nomi

Kvalifikatsiya

Öqiş muddatiTa'lim şakliQabul vaqtiKontrakt summasi

70410901

34.08.82

(Rossiya standarti)

1. MBA – Innovatsion menejment

2. Menejment 

Iqtisodçi

Menejment magistri

(Rossiya standarti)

2 yil 

Kunduzgi

(haftasiga 2 marta)

Qabul komissiyasi:

Iyun-iyul 

Öqiş boşlangan vaqt: sentyabr

   2 800 AQŞ doll.

(1-öquv yili uçun)

2 800 AQŞ doll.

(2-öquv yili uçun)

Jami: 5 600 AQŞ doll.(ta’lim dasturi böyiça butun öqiş davri uçun)

Nomzodlarga qöyiladigan talablar:

  • Oliy ma’lumot (bakalavriat);

  • Nomzod 45 yoşdan oşmagan bölişi;

  • Rus tilini biliş darajasini tasdiqlovçi B2 darajasidan past bölmagan xalqaro sertifikat (mavjud bölsa)

Qabul sinovlari tartibi:

  • Rus tili böyiça test sinovi – Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan ötkaziladi;

  • Maxsus imtihon (iqtisodiyot va menejment asoslari böyiça testlar) – QFU tomonidan amalga oşiriladi;

  • Portfolio (Portfolio nomzodning akademik, ilmiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatdagi yutuqlarini aks ettiruvçi hujjatlar töplami, şu jumladan nomzodning tanlangan ta’lim dasturi va kasbiy rejalari böyiça öqişga bölgan qiziqişini asoslovçi motivatsion xatni ham öz içiga oladi).

Magistraturada öqiş istagini bildirgan nomzodlar Oliy biznes maktabi direktori nomiga ariza bilan murojaat qilib, quyidagi hujjatlar nusxalarini belgilangan tartibda Oliy biznes maktabining rasmiy veb-sayti orqali qabul komissiyasiga taqdim etadilar:

  • Oliy ma’lumot diplomi va unga ilova (vkladiş), şuningdek ularning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjima nusxalari;

  • Xalqaro pasport (zagranpasport) nusxasi va uning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjima nusxasi;

  • ID-karta yoki fuqarolik pasporti nusxasi (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

  • Portfolio  (Portfolio nomzodning akademik, ilmiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatdagi yutuqlarini aks ettiruvçi hujjatlar töplami, şu jumladan nomzodning tanlangan ta’lim dasturi va kasbiy rejalari böyiça öqişga bölgan qiziqişini asoslovçi motivatsion xatni ham öz içiga oladi);

  • Agar mavjud bölsa, rus tilini biliş darajasini tasdiqlovçi belgilangan namunadagi hujjat (sertifikat).

Öqişga ariza topşiriş:

Hujjatlar faqat elektron şaklda, Oliy biznes maktabining rasmiy veb-saytiga yuklaş orqali qabul qilinadi.