• Ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish markazining ilmiy kotibi – Оfis rahbari

    Lavozim talablari:

    Nomzod 55 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

    Oliy ma’lumotli, (iqtisod, moliya,gumanitar);

    Soha bo’yicha ish staji 5-yil;

    yuqori ilmiy daraja (magistratura yoki doktora darajasi) talab qilinadi;

    professional darajani, bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirib borishga intilishi;

    ilmiy tadqiqotlar sohasidagi tajriba, menejment va tashkiliy ko'nikmalar, shuningdek, ilmiy ishlarga oid hujjatlarni tayyorlash va boshqarish qobiliyati ega rus va ingliz tillarini mukammal biladigan nomzodlarga afzalliklar beriladi.

     

    Lavozim vazifalari:

    Ofisi raxbari:

    Ilmiy faoliyatni nazorat qilish va tahlil qilish;

    Ilmiy tadqiqotlar va loyihalar bo'yicha muntazam ravishda hisobotlar tayyorlash;

    Ilmiy tadqiqotlar natijalarini taqdim etish uchun prezentatsiyalar, slaydlar va boshqa vizual materiallarni yaratish;

    Ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish; 

    Ilmiy faoliyatni boshqarish va rivojlantirish uchun ilmiy dasturlarni ishlab chiqish, ilmiy jamoalarga tadqiqotlarni amalga oshirishda yordam berish;

    Ilmiy faoliyatni boshqarish va ilmiy ishlanmalarni nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil qilish va izlanishlarni belgilangan yo‘nalishda olib borish;

    Ilmiy ishlanmalar, grantlar, maqolalar va tadqiqotlar bo‘yicha zarur hujjatlarni tayyorlash, ularni kerakli tashkilotlar va ilmiy jurnallarga yuborish;

    Ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni rasmiylashtirish, natijalarni Oliy maktab ilmiy markazning rasmiy hujjatlarida aks ettirish;

    Ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar olish, grant bo‘yicha zarur hujjatlarni tayyorlash va tasdiqlash, grant mablag‘larini samarali taqsimlash.

     

    Talab qilinadigan hujjatlar:

    Ma’lumotnoma (Obektivka)

    Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzod s.abdullayeva@rgsbm.uz elektron manziliga na’munadagidek ma’lumotnomani (Obektivka) yuborishlari kerak.

    Qo'shimcha ma'lumot olish uchun: (+99871) 239-03-22 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i

    Lavozim talablari:

    Nomzod yoshi 25-55

    Oliy ma’lumot (iqtisod, moliya, axborot texnologiyalari, gumanitar)

    Soha bo’yicha ish staji 5-yil

    Til bilish darajasi rus va o’zbek mukammal darajada (ingliz tili ustunlik beradi)

    Kompyuter savodxonligi: (Word, Exel, PowerPoint)

    Halollik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish. Professional etiket, atrofdagilarga, hamkasblarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi; 

    Muomala madaniyati, o‘z fikri va mulohazalarini ifodalay olishi, Muammolar yechimi bo‘yicha tezkor fikrlash va o‘z takliflarini taqdim qila olishi; 

    Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan habardor bo‘lishi va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olishi.

     

    Lavozim vazifalari:

    Axborot-kommunikasiya texnologiyalari infratuzilmasini barqaror ish faoliyatini ta’minlash va zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish;  

    Axborot va kiberxavfsizligini xavfsizligini ta’minlash hamda innovatsion yechimlarni tatbiq etish; 

    Ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlash hamda amalga oshirish; 

    Rasmiy veb saytni dasturiy rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash.

     

    Talab qilinadigan hujjatlar:

    Ma’lumotnoma (Obektivka)

    Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzod s.abdullayeva@rgsbm.uz elektron manziliga na’munadagidek ma’lumotnomani (Obektivka) yuborishlari kerak.

    Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: (+99871) 239-03-22 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

  • Strategik rivojlanish va transformatsiya bo‘limi boshlig’i

    Lavozim talablari:

    Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, boshqaruv, biznes boshqaruvi, davlat boshqaruvi yoki shunga yaqin yo‘nalishlarda);

    Nomzod 55 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

    Magistr darajasi yoki undan yuqori (MBA yoki xalqaro dasturlar afzal);

    Kamida 5–7 yil ish tajribasi, shundan kamida 3 yil rahbarlik lavozimida;

    Til bilish darajasi rus va o’zbek mukammal darajada (ingliz tili ustunlik beradi)

    Kompyuter savodxonligi (MS Office, elektron hujjat aylanish tizimlari).

    Strategik rejalashtirish va boshqaruv metodologiyalari (SWOT, KPI, Balanced Scorecard va boshqalar);

    Tashkiliy rivojlanish va transformatsiya jarayonlarini boshqarish;

    Loyihalarni boshqarish (Project Management) asoslari;

    Tahliliy fikrlash, ma’lumotlar bilan ishlash va prognozlash;

    Biznes jarayonlarni optimallashtirish va samaradorlikni oshirish;

    Xalqaro tajribalar va zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini bilish;

    Prezentatsiya va muzokara olib borish ko‘nikmalari.

    Strategik fikrlash va yetakchilik qobiliyati;

    Tashabbuskorlik va innovatsion yondashuv;

    Mas’uliyatlilik va natijaga yo‘naltirilganlik;

    Yuqori darajada muloqot va taqdimot qilish qobiliyati;

    Stressga chidamlilik va o‘zgarishlarga moslashuvchanlik.

     

    Qo‘shimcha talablar:

    Xalqaro loyihalar, grantlar yoki transformatsiya dasturlarida ishtirok etganlik afzal;

    Data analysis vositalari (Excel advanced, Power BI va boshqalar) bilan ishlash ko‘nikmasi;

    Ta’lim tizimida boshqaruv tajribasi mavjud bo‘lsa afzal.

     

    Talab qilinadigan hujjatlar:

    Ma’lumotnoma (Obektivka)

    Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzod s.abdullayeva@rgsbm.uz elektron manziliga na’munadagidek ma’lumotnomani (Obektivka) yuborishlari kerak.

    Qo'shimcha ma'lumot olish uchun: (+99871) 239-03-22 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

  • Kotib referent (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Farg‘ona, Buxoro ва Xorazm viloyatlari)

    Lavozim talablari:

    O‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot (boshqaruv, hujjatshunoslik, filologiya yoki boshqa mos yo‘nalishlarda);

    Nomzod 55 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

    Kamida 1–3 yil ish tajribasi (kotibiyat yoki ofis ishlarida tajriba afzal);

    Til bilish darajasi rus va o’zbek mukammal darajada (ingliz tili ustunlik beradi)

    Kompyuter savodxonligi (MS Word, Excel, elektron pochta, ofis texnikalari).

    Rasmiy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish ko‘nikmasi;

    Elektron hujjat aylanish tizimlari bilan ishlash;

    Tashkiliy ishlarni rejalashtirish va nazorat qilish;

    Tezkor va aniq ishlash qobiliyati.

    Mas’uliyatlilik va intizomlilik;

    Xushmuomalalik va muloqot madaniyati;

    E’tibor va aniqlik;

    Tashkiliy qobiliyat;

    Maxfiylikni saqlash qobiliyati.

    Lavozim vazifalari:

     Telefon qo‘ng‘iroqlarini qabul qilish va zarur ma’lumotlarni yetkazish;

     Hujjatlar saqlanishi va tartibli yuritilishini ta’minlash;

     Mehmonlarni kutib olish va tashkiliy masalalarni hal etish;

     Rahbar topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish.

    Qo‘shimcha talablar:

    Ofis dasturlari va texnikalari bilan ishlashda yuqori ko‘nikma;

    Tez yozish (matn terish) qobiliyati afzal;

    Davlat tashkilotlarida ish yuritish tajribasi ustunlik beradi.

    Talab qilinadigan hujjatlar:

    Ma’lumotnoma (Obektivka)

    Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzod s.abdullayeva@rgsbm.uz elektron manziliga na’munadagidek ma’lumotnomani (Obektivka) yuborishlari kerak.

    Qo'shimcha ma'lumot olish uchun: (+99871) 239-03-22 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

  • Bosh mutaxassis (Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Buxoro, Xorazm ва Qashqadaryo viloyatlari)

    Lavozim talablari:

    Oliy ma’lumot (tegishli yo‘nalish bo‘yicha);

    Nomzod 55 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

    Kamida 2–5 yil ish tajribasi (soha bo‘yicha tajriba afzal);

    Til bilish darajasi rus va o’zbek mukammal darajada (ingliz tili ustunlik beradi)

    Kompyuter savodxonligi (MS Office, elektron hujjat tizimlari).

    O‘z yo‘nalishi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilish;

    Hujjatlar bilan ishlash va ularni rasmiylashtirish ko‘nikmasi;

    Tahliliy fikrlash va ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati;

    Hisobotlar tayyorlash va taqdim etish ko‘nikmasi;

    Tashkiliy va ijro intizomi bo‘yicha bilimlar;

    Jamoa bilan ishlash va samarali muloqot qilish.

    Mas’uliyatlilik va intizomlilik;

    Tashabbuskorlik;

    E’tibor va aniqlik;

    Muloqotga kirishuvchanlik;

    Stressga chidamlilik va muammolarni hal eta olish.

     

    Lavozim vazifalari:

    O‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;

    Rahbariyat topshiriqlarini bajarish va ijrosini ta’minlash;

    Hisobotlar tayyorlash va belgilangan tartibda taqdim etish;

    Ichki tartib-intizomga rioya etilishini ta’minlash;

    Tashqi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

    Faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish.

     

    Talab qilinadigan hujjatlar:

    Ma’lumotnoma (Obektivka)

    Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzod s.abdullayeva@rgsbm.uz elektron manziliga na’munadagidek ma’lumotnomani (Obektivka) yuborishlari kerak.

    Qo'shimcha ma'lumot olish uchun: (+99871) 239-03-22 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

  • Hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig'i

    Lavozim talablari:

    Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, menejment, davlat boshqaruvi, biznes boshqaruvi yoki shunga yaqin yo‘nalishlar bo‘yicha);

    Nomzod 55 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

    Magistr darajasi yoki undan yuqori (MBA yoki xalqaro dasturlar afzal);

    Kamida 5-7 yil ish tajribasi, shundan kamida 3 yil rahbarlik lavozimida;

    Til bilish darajasi rus va o‘zbek mukammal darajada (ingliz tili ustunlik beradi)

    Kompyuter savodxonligi ((MS Office, ayniqsa Excel, PowerPoint, elektron hujjat aylanish tizimlari).

    Hududiy boshqaruv, filiallar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy tajriba; 

    Strategik rejalashtirish, tahlil qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

    Davlat organlari, mahalliy hokimiyat va hamkor tashkilotlar bilan samarali ishlash tajribasi; 

    O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, xususan mehnat, tadbirkorlik va boshqaruvga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilish; 

    Zamonaviy boshqaruv usullari va loyiha boshqaruvi asoslarini bilish; 

    Analitik fikrlash, muammolarni hal etish va jamoani boshqarish qobiliyati;

    Mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik; 

    Tashkiliy va kommunikativ ko‘nikmalar; 

    Natijaga yo‘naltirilganlik; 

    Stressga chidamlilik va tezkor qaror qabul qilish qobiliyati.

    Qo‘shimcha talablar:

    Hududiy filiallar faoliyatini monitoring qilish, baholash va hisobot yuritish tizimlarini yo‘lga qo‘yish tajribasi; 

    Hududiy muammolarni o‘rganish va ular asosida amaliy takliflar ishlab chiqish qobiliyati; 

    Muzokaralar olib borish, manfaatlar muvozanatini saqlash va nizolarni hal etish ko‘nikmalari; 

    Xizmat safarlariga tayyorlik (hududlarga muntazam chiqish imkoniyati); 

    Hisobotlar, taqdimotlar va tahliliy ma’lumotlarni sifatli tayyorlash ko‘nikmasi; 

    Tashkilot ichki reglamentlari va xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish.

    Talab qilinadigan hujjatlar:

    Ma’lumotnoma (Obektivka)

    Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzod s.abdullayeva@rgsbm.uz elektron manziliga na’munadagidek ma’lumotnomani (Obektivka) yuborishlari kerak.

    Qo'shimcha ma'lumot olish uchun: (+99871) 239-03-22 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.