Xalqaro ikki diplom: MBA Korporativ boshqaruv va biznesni strategik rivojlantirish (РАНХиГС)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (RANXiGS) bilan hamkorlikda 2026/2027 oʻquv yili uchun ikki diplomli qo‘shma ta’lim dasturiga qabul e’lon qiladi.  

Ta’lim dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan “Korporativ boshqaruv va biznesni strategik rivojlantirish” mutaxassisligi bo‘yicha Master of Business Administration (MBA) darajasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati kademiyasi (RANXiGS) tomonidan “Menejment” yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasi beriladi.

Ushbu dasturda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Oliy biznes maktabining e-tinglovchi.gsbe.uz platformasi orqali hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda murojaat qilishlari mumkin:

  • Oliy ma’lumot diplomi va unga ilova (vkladish), shuningdek ularning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjima nusxalari;

  • Xalqaro pasport (zagranpasport) nusxasi va uning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjima nusxasi;

  • ID-karta yoki fuqarolik pasporti nusxasi (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

  • Agar mavjud bo‘lsa, rus tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (sertifikat).

Hujjat qabul qilish muddati: 2026-yil, 27-iyulgacha.

O‘qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda Oliy biznes maktabining yuqorida keltirilgan qabul platformasi orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun telefon: +998 71 239-03-26

Qabul komissiyasining ishlash jadvali: Dushanba – Juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha.