Bank risklarini baholash va boshqarish

Mazkur o‘quv kursi tijorat banklarining risklarni boshqarish bilan shug‘ullanadigan funksional bo‘linmalari rahbarlari va operatsion xodimlari uchun mo‘ljallangan.

Kurs maqsadi

Tijorat banklari rahbarlari hamda operatsion xodimlarining bank faoliyatida yuzaga keladigan risklarni baholash va boshqarish bo‘yicha amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish.

Kursning vazifalari

- Mamlakat bank tizimini isloh qilish yo‘nalishlarining mohiyatini yoritish;

- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari faoliyatidagi risklarga nisbatan belgilagan prudensial talablarini o‘rganish;

- Tijorat banklari faoliyatidagi risklarni baholash metodikalarini o‘rganish;

- Risklarning yuzaga kelish sabablari bilan tanishtirish;

- Bank faoliyatidagi risklarni boshqarish usullari va ularni qo‘llash tartibini o‘rganish;

- Bank risklarini boshqarish bo‘yicha xorijiy tajriba bilan tanishtirish va ularni O‘zbekiston amaliyotida qo‘llash imkoniyatlarini baholash;

- O‘zbekiston banklari faoliyatidagi risklarning darajasiga baho berish;

- Bazel qo‘mitasining bank risklarini baholash va boshqarish bo‘yicha yangi talablari bilan tanishtirish;

- O‘zbekiston bank tizimini rivojlantirishning 2020–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida bank risklari darajasini pasaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni tahlil qilish.

 

Kurs dasturi quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:

- Kredit riskini baholash va boshqarish;

- Likvidlilik riskini baholash va boshqarish;

- Valyuta riskini baholash va boshqarish;

- Foiz riskini baholash va boshqarish;

- Operatsion riskni baholash va boshqarish;

- Fond riskini baholash va boshqarish;

 

O‘qish shakli va davomiyligi:

O‘qish shakli: onlayn / oflayn

O‘quv yuklamasi: 40 soat

Kurs muddati: 5 kun

Dars vaqti: har kuni soat 09:00 dan 16:00 gacha

Yakuniy nazorat: test (offlayn shaklda)

 

Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

 

Qo‘shimcha ma’lumot:

O‘qish tili: o‘zbek tili

Kurs narxi: 2 970 000 so‘m