Iqtisodiyot va biznes asoslari
Mazkur o‘quv kursi iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan rahbarlar va mutaxassislarning iqtisodiyot va biznesning fundamental asoslari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan.
Kurs maqsadi:
Oliy biznes maktabi tinglovchiligiga nomzodlarning iqtisodiyot va biznes sohalaridagi bazaviy bilimlarini mustahkamlash, zamonaviy boshqaruv tizimlarini tashkil etish, korxona va tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdir.
Kurs vazifalari:
- zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish tamoyillarini o‘rganish;
- tashkilot va korxonalar tashkiliy tuzilmalarini optimallashtirish;
- boshqaruv tizimining turli pog‘onalarida vakolat va vazifalarni samarali taqsimlash;
- korxona va tashkilotlarda mehnatni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
- rahbar faoliyatini oqilona tashkil etish hamda boshqaruvda vaziyatli va tizimli yondashuvlarni qo‘llash;
- axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish;
- boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Kurs dasturi quyidagi asosiy mavzularni o‘z ichiga oladi:
- Iqtisodiyot asoslari;
- Moliya asoslari;
- Biznes boshqaruvi asoslari;
- Liderlik asoslari;
- Biznesda raqamli texnologiyalar;
- Loyiha boshqaruvi asoslari.
O‘qish shakli va davomiyligi:
O‘qish shakli: onlayn
Umumiy o‘quv yuklamasi: 36 soat (24 kun)
Darslar vaqti: har kuni 09:00 dan 16:00 gacha
Yakuniy nazorat: test (onlayn shaklda)
Kurs yakunida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikat beriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot:
O‘qish tili: o‘zbek tili
Kurs narxi: 2 300 000 so‘m
Batafsil ma’lumot uchun telefon: +998 71 239 0310