Ariza topşiriş (yangi oynada oçiladi)
Xalqaro a’zoliklar va sertifikatlar

Biznes sohasidagi oliy ta’lim muassasalarini rivojlantiriş assotsiatsiyasi (AACSB)

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (Graduate School of Business and Entrepreneurşip) jahonning eng obröli taşkilotlaridan biri — AACSB (Association to Advance Collegiate Schools of Business) a'zoligini qölga kiritdi.

Bu muvaffaqiyat nafaqat Oliy biznes maktabining xalqaro standartlarga mos kelişini tasdiqlaydi, balki Özbekistondagi biznes-ta’limning global darajadagi tan olinganini ham körsatadi.

Endilikda Oliy biznes maktabi:

  • xalqaro ta’lim oilasining tölaqonli a’zosi;
  • dunyo böylab minglab yetakçi biznes maktablari bilan tajriba va bilim almaşiş imkoniga ega;
  • tinglovçilar uçun keng kölamli resurslar, innovatsion imkoniyatlar va xalqaro networking maydonini taqdim etadi.

AACSB a’zoligi — kelajakda töliq akkreditatsiya sari qöyilgan muhim qadamlardan biri bölib, bizni yanada yuqori marralarga çorlaydi.

Maʼlumot uçun:

AACSB (Association to Advance Collegiate Schools of Business) — biznes taʼlimi sohasidagi eng nufuzli xalqaro taşkilotlardan biri bölib, butun dunyo böylab yetakçi biznes maktablari va universitetlarni birlaştiradi. Taşkilot biznes taʼlimi sifatini oşiriş, innovatsion yondaşuvlarni rivojlantiriş hamda global akademik hamjamiyatni mustahkamlaşga xizmat qiladi.