Ariza topşiriş (yangi oynada oçiladi)
Oliy maktab

Xalqaro hamkorlik

Oliy maktabning xalqaro assotsiatsiyalar, universitetlar va loyihalar bilan hamkorligi.

MA'LUMOT

Özbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining xalqaro faoliyati töğrisida

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalardan biri bu - xalqaro va xorijiy taşkilotlar bilan ta'lim sohasidagi aloqalarni örnatiş va ularni mustahkamlaş qaratilgan.

Xalqaro hamkorlikni yölga qöyiş va rivojlantirişning asosiy ustuvor yönalişlariga, iqtisodiyotning barça sohalariga yetuk va boşqaruv kadrlarini tayyorlaş, malakasini oşiriş böyiça öquv-uslubiy işlarni takomillaştiriş, biznes va tadbirkorlik, korporativ va loyiha boşqaruvi tizimi rivojlangan xorijiy mamlakatlarda öz professor-öqituvçilari va magistrlarning malakasini oşiriş böyiça qöşma hamkorlik dasturlarini amalga oşiriş, ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar va boşqa şu kabi tadbirlarni uyuştiriş kabilar kiradi.         

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi xalqaro va mahalliy taşkilotlar, muassasalar bilan şartnoma va memorandumlar imzolagan va ular bilan xalqaro standartlarga javob beriş maqsadida yuqori sifatli ta'lim tizimini ta’minlaş uçun faol hamkorlik qilmoqda. 

  • Ajou universiteti (Janubiy Koreya Respublikasi)

    MBA hamda IT biznesi böyiça qöşma dastur, talabalarga axborot texnologiyalari va biznes sohasidagi kompetensiyalarni birlaştirgan holda xalqaro darajadagi taʼlim oliş imkoniyatini beradi.

  • Milan Politexnika Universiteti Menejment Oliy Maktabi (Italiya, POLIMI)

    Milan Politexnika Universitetining Menejment Oliy Maktabi bilan hamkorlikda menejerlar uçun intensiv qisqa muddatli dasturlar taşkil etilgan. Trening yetakçi professorlarning ma'ruzalarini va EDISON va PIRELLI kabi kompaniyalarga korporativ taşriflarni öz içiga oladi, bu esa Yevropa boşqaruv amaliyotlarini joriy etiş va tajriba almaşişni osonlaştiradi.

  • Lyuksemburg Biznes Maktabi

    Lyuksemburg Biznes Maktabi bilan hamkorlikda taşkil etilgan gibrid rahbarlik kurslari. Dasturlarga xalqaro mutaxassislarning ma'ruzalari va iştirokçilarning professional kompetensiyalarini har tomonlama rivojlantirişga qaratilgan korporativ taşriflar kiradi.

  • Rossiya Prezidenti huzuridagi Xalq xöjaligi va davlat boşqaruvi akademiyasi (RANEPA)

    РАНХиГС bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan "MBA Korporativ boşqaruv va biznesni strategik rivojlantiriş" ikki diplom dasturi akademik taşriflar va davlat boşqaruvi hamda tadbirkorlik sohasida tajriba almaşişni öz içiga oladi.

  • Osiyo Texnologiya va Innovatsiya Universiteti (APU, Malayziya)

    Qöşma qisqa muddatli kurslar boşqaruv va raqamli könikmalarni rivojlantirişga, şuningdek, xalqaro tajriba almaşişga hamda biznes va taʼlim sohasidagi ilğor innovatsion texnologiyalarni özlaştirişga qaratilgan.

  • Budapeşt iqtisodiyot va biznes universiteti (Vengriya)

    Hamkorlik akademik almaşinuvlarni rivojlantiriş va Yevropa ta'lim standartlarini integratsiyalaşga qaratilgan.

  • Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA)

    "World Friends Korea" loyihasi Janubiy Koreya bilan akademik va professional aloqalarni rivojlantiriş böyiça strategik hamkorlik doirasida amalga oşirilmoqda. U professor-öqituvçilar faoliyatini takomillaştiriş, öquv dasturlarini modernizatsiya qiliş, innovatsion ta'lim yondaşuvlarini joriy etiş va eng yaxşi amaliyotlar bilan örtoqlaşiş uçun koreyalik mutaxassislar va maslahatçilarni jalb qilişni öz içiga oladi. Hamkorlik boşqaruv, raqamli transformatsiya va inson kapitalini rivojlantiriş, Koreya universitetlari bilan hamkorlikni mustahkamlaş va zamonaviy ta'lim texnologiyalarini joriy etişga kömaklaşişni qamrab oladi.

  • Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA, Yaponiya)

    Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) loyihasi doirasida Oliy biznes maktab öquv dasturlarini takomillaştiriş, zamonaviy öqitiş usullarini joriy etiş va Yaponiya universitetlari bilan tajriba almaşiş uçun yapon mutaxassislarini jalb qilmoqda, şu bilan taʼlim sifatini oşirmoqda va akademik aloqalarni rivojlantirmoqda.

  • Fulbrayt dasturi (AQŞ)

    Fulbrayt dasturi orqali Oliy biznes maktabi akademik salohiyatni rivojlantirişga, ilğor ta'lim texnologiyalarini joriy etişga, öqituvçilarning kasbiy rivojlanişiga, Oliy biznes maktabi faoliyatini takomillaştirişga va akkreditatsiya protseduralariga tayyorgarlik körişga hissa qöşadigan amerikalik mutaxassislarni jalb qiladi.

  • Xalqaro ta'lim böyiça Amerika kengaşlari (AQŞ)

    Amerika Kengaşlari bilan hamkorlik ta'lim va madaniy taşabbuslarni, jumladan, CS + O.N.E. kabi til dasturlarini, RELO dastur mutaxassislarining mahorat darslarini va professional va akademik kompetensiyalarni rivojlantirişga qaratilgan ingliz tili kurslarini amalga oşirişni öz içiga oladi.

  • Xalqaro muvofiqlik assotsiatsiyasi (ICA)

    Qöşma dasturlar muvofiqlik, tavakkalçiliklarni boşqariş va moliyaviy jinoyatlarga qarşi kuraşiş sohasidagi kompetentsiyalarni rivojlantirişga qaratilgan. Kurslar korporativ şaffoflik va xalqaro standartlarga rioya qilinişini ta'minlaydigan mutaxassislar uçun amaliy maşğulotlarga qaratilgan.

  • Oliy Biznes Maktabi va boşqa taşkilotlar örtasida imzolangan memorandumlar

    ESMT – Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi

    Şu bilan birgalik Oliy Biznes Maktabi quyidagi taşkilot va universitetlar bilan memarandum imzolagan. Narxoz universiteti (Qozoğiston), Handong Global University, Woosong Universiteti, SolBridge xalqaro biznes maktabi şular jumlasidandir.

  • Narxoz universiteti (Qozoğiston)

  • Handong Global University

  • Woosong Universiteti

  • SolBridge xalqaro biznes maktabi