Xalqaro ikki diplom: MBA "Innovatsion menejment" (QFU)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qozon federal universiteti (QFU) bilan hamkorlikda 2026-2027-o‘quv yili uchun “ikki diplom” (dual degree) xalqaro dasturiga qabul e’lon qilmoqda.

Ta’lim (1, 2 va 3 - semestrlar) O‘zbekistonda, (4 - semestr) Rossiyada (Qozon shahrida) davom etadi. Dastur yakunida tinglovchilar Qozon federal universitetining Menejment” va Oliy biznes maktabining “MBAInnovatsion menejment” magistr diplomlarini oladilar. Qo‘shma ta’lim dasturining bir yillik o‘qitish qiymati 2 800 AQSH dollari hajmida belgilangan.

Ushbu dasturda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Oliy biznes maktabining e-tinglovchi.gsbe.uz platformasi orqali hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda murojaat qilishlari mumkin:

  • Oliy ma’lumot diplomi va unga ilova (vkladish), shuningdek ularning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjima nusxalari;

  • Xalqaro pasport (zagranpasport) nusxasi va uning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjima nusxasi;

  • ID-karta yoki fuqarolik pasporti nusxasi (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

  • Portfolio  (Portfolio nomzodning akademik, ilmiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatdagi yutuqlarini aks ettiruvchi hujjatlar to‘plami, shu jumladan nomzodning tanlangan ta’lim dasturi va kasbiy rejalari bo‘yicha o‘qishga bo‘lgan qiziqishini asoslovchi motivatsion xatni ham o‘z ichiga oladi);

  • Agar mavjud bo‘lsa, rus tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (sertifikat).

Hujjat qabul qilish muddati: 2026-yil, 27-iyulgacha.

O‘qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda Oliy biznes maktabining yuqorida keltirilgan qabul platformasi orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun telefon: +998 71 239-03-26

Qabul komissiyasining ishlash jadvali: Dushanba – Juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha.