Ariza topşiriş (yangi oynada oçiladi)
Malaka oşiriş kurslari

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS): ACCA DipIFR malakasi (rus tilida)

Mazkur öquv kursi moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, moliyaviy hisobotni xalqaro standartlar asosida tayyorlaş va tahlil qiliş böyiça bilimini çuqurlaştirişni istagan xodimlar, şuningdek, xalqaro darajada tan olingan ACCA DipIFR (International) sertifikatini qölga kiritişni maqsad qilgan mutaxassislar uçun möljallangan.

Kurs maqsadi:

Tinglovçilarda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IFRS) böyiça çuqur nazariy bilim va amaliy könikmalarni şakllantiriş, xalqaro talablarga muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlaş va tahlil qiliş malakasini rivojlantirişdir.

Kursning vazifalari:

  • Moliyaviy hisobotni tayyorlaşning konseptual asoslarini örganiş;
  • IFRS standartlari böyiça asosiy tuşunçalar va talablarga ega böliş;
  • Amaliy misollar orqali xalqaro standartlarni qöllaşni örganiş;
  • Etika kodeksi talablariga amal qilgan holda professional yondaşuvni şakllantiriş;
  • Moliyaviy ma’lumotlarni xalqaro darajada taqqoslaş va tahlil qiliş könikmasini oşiriş.

Kurs dasturi quyidagi asosiy mavzularni öz içiga oladi:

  • Kiriş qismi, Moliyaviy hisobotni tayyorlaşning konseptual asoslari
  • Asosiy xalqaro standartlar
  • Daromad va subvensiyalar
  • Lizing va moliyaviy instrumentlar
  • Konsolidatsiya va investitsiyalar
  • Qöşimça mavzular
  • Amaliy maşğulotlar
  • Nazariy bilimlarni mustahkamlovçi amaliy masalalar va test topşiriqlari

Öqiş şakli va davomiyligi:

Öqiş şakli: Onlayn / oflayn

Umumiy öquv yuklamasi: 120 soat (3 oy)

Darslar vaqti: Har kuni 09:00 dan 13:00 gaça

Yakuniy nazorat: Test (offlayn şaklda)

Kurs yakunida tinglovçilarga sertifikat beriladi.

Qöşimça ma’lumot:

Öqiş tili: Rus tili 

Kurs narxi: 7 900 000 söm

Batafsil ma’lumot uçun telefon: +998 71 239 03 10