Mas’uliyatli boşqaruv ta’limi tamoyillari (PRME)
_6a3e0e8c7486a.webp)
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2024-yilning mart oyidan boşlab BMT Global şartnomasi yetakçilari sammiti taşabbusi bilan taşkil etilgan PRME (Principles for Responsible Management Education) tarmoğiga rasman qöşildi.
PRME platformasi, BMT Global şartnomasi doirasida 2007-yilda asos solingan bölib, tadbirkorlar va boşqaruvçilar uçun mas’uliyatli ta’lim beriş orqali barqaror rivojlaniş maqsadlarini amalga oşiradi.
PRME missiyasi biznes va menejment sohasidagi ta’limni transformatsiya qiliş hamda kelajak yetakçilarida mas’uliyat hissini şakllantirişga qaratilgan. Hozirgi kunda dunyo böylab 850 dan ortiq biznes maktablarini birlaştirgan uşbu tarmoq iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy mas’uliyat va ekologik barqarorlik örtasidagi muvozanatni ta’minlay oladigan rahbarlarni tayyorlaşda yetakçi platforma hisoblanadi.
PRME doirasidagi xalqaro hamkorlik Oliy maktab faoliyatining muhim strategik yönalişlaridan biridir. Uşbu tarmoqqa a’zo böliş Oliy maktab mas’uliyatli boşqaruv ta’limining yetti asosiy tamoyilini qabul qilganini hamda ularni öquv jarayoni va tadqiqot faoliyatiga izçil integratsiya qilayotganini anglatadi. Şu munosabat bilan, ta’lim dasturlariga ESG yondaşuvlari, yaşil iqtisodiyot, korporativ boşqaruv va mas’uliyatli biznes yuritiş böyiça zamonaviy öquv kurslari faol joriy etilmoqda.
Bizning asosiy maqsadimiz – davlat va xususiy sektor uçun özgaruvçan global iqtisodiyot şaroitida samarali işlay oladigan hamda mamlakatning barqaror kelajagiga hissa qöşadigan mas’uliyatli va innovatsion fikrlaydigan rahbarlarni tayyorlaşdir.


