Xalqaro ikki diplom: MBA Korporativ boshqaruv va biznesni strategik rivojlantirish (РАНХиГС)

OLIY BIZNES MAKTABI VA RANXiGS QO‘SHMA TA’LIM DASTURI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (RANXiGS) bilan hamkorlikda 2025/2026 oʻquv yili uchun “MBA Korporativ boshqaruv va biznesni strategik rivojlantirish + MSc Menejment” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshiradi
DASTURNING MAQSADLI AUDITORIYASI
Dastur yuqori darajadagi tadbirkorlar va menejerlar, iqtisodiyot va sanoat sohasidagi boshqaruv organlari, kasbiy o‘sish, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, strategik fikrlashdan manfaatdor bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan.
DASTURNING MAQSADI
Biznesni boshqarish va strategik rivojlantirish sohasida chuqur nazariy bilimlarga va amaliy kompetensiyalarga ega bo‘lgan rahbarlar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek korporativ boshqaruvni amalga oshirishdir.
Dastur iqtisodiyotning barcha sohalari: marketing, moliya, menejment, innovatsiyalar, raqamlashtirish, strategiya, yetakchilik, motivatsiya, vaqtni samarali rejalashtirish bo‘yicha tizimli bilimlarni olish va ko‘nikmalarni oshirish, shuningdek, universal kompetensiyalarni shakllantirish va boshqaruv ko‘nikmalari imkonini beradi.
DASTURNING AFZALLIKLARI
O‘zbekiston va Rossiyada o‘qish imkoniyati, uning yakuni bo'yicha Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va RANXiGS diplomlariga ega bo‘lish;
mashg‘ulotlar yetakchi xorijiy va mahalliy o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi;
amaliyot va loyiha ishlarida qatnashib, real biznes muhitida ishlash tajribasiga ega bo‘lish
O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan yevro menejment modellarini o‘rganish;
biznes samaradorligini oshirish uchun korporativ boshqaruv ko‘nikmalarini oshirish;
ijtimoiy mas’uliyatli korporativ boshqaruvning jahon amaliyotini o‘zlashtirish.
Ro‘yxatdan o'tish: e-tinglovchi.gsbe.uz
-
Qo'shimcha ma'lumot
Mutaxassislik kodi Mutaxassislik nomi Kvalifikatsiya O‘qish muddati Ta'lim shakli Qabul vaqti Kontrakt summasi 70410901
34.08.82 (Rossiya standarti)
1. MBA – Korporativ boshqaruv va biznesni strategik rivojlantirish
2. Menejment magistri
Iqtisodchi
Menejment magistri (Rossiya standarti)
2 yil 3 oy Part-time Qabul komissiyasi: Iyul – Avgust
O‘qish boshlanish vaqti: Noyabr
2 500 AQSH doll.dan (1-2 yil o‘qish uchun) 500 AQSH doll. 3 оy uchun
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy ma’lumot (bakalavriat);
- 45 yoshgacha.
Rus tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 darajasidan past bo‘lmagan xalqaro sertifikat (mavjud bo‘lsa)
Qabul sinovlari tartibi:
Rus tili bo‘yicha test sinovi – Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi;
Maxsus imtihon (iqtisodiyot va menejment asoslari bo‘yicha testlar) – RANXiGS tomonidan amalga oshiriladi.
Magistraturada o‘qish istagini bildirgan nomzodlar Oliy biznes maktabi direktori nomiga ariza bilan murojaat qilib, quyidagi hujjatlar nusxalarini belgilangan tartibda Oliy biznes maktabining rasmiy veb-sayti orqali qabul komissiyasiga taqdim etadilar:
Oliy ma’lumot diplomi va unga ilova (vkladish), shuningdek ularning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjima nusxalari;
Xalqaro pasport (zagranpasport) nusxasi va uning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjima nusxasi;
ID-karta yoki fuqarolik pasporti nusxasi (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
Agar mavjud bo‘lsa, rus tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (sertifikat).