MBA Moliya

MBA “Moliya” magistratura dasturi

Dastur haqida umumiy ma’lumot

Dastur turi: Magistratura (MBA — Master of Business Administration)

Yo‘nalish: Moliya (Finance)

Ta’lim tili: O‘zbek va rus tili.

Diplom: Davlat tomonidan tasdiqlangan magistr diplomi

Ushbu mutaxassislik zamonaviy biznesda moliyaviy qarorlar qabul qilish, investitsiyalarni boshqarish, xalqaro va milliy moliyaviy hisobotlarni o‘qish va tahlil qila olish, korporativ moliya, budjetlash, risklarni tahlil qilish va moliyaviy strategiya tuzish bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar berishga yo‘naltirilgan magistratura dasturidir.

 

Ushbu dastur kimlar uchun?

  • Moliya, buxgalteriya va iqtisod sohasida ishlayotgan mutaxassislar
  • Bank, sug‘urta, audit va investitsiya kompaniyalari xodimlari
  • Korxona va tashkilotlarda moliyaviy boshqaruvchi rahbarlar
  • Moliya sohasida chuqur va tizimli bilim olishni xohlagan yosh mutaxassislar
  • O‘z biznesida moliyani mustahkam boshqarmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar

 

Dasturda nimalar o‘rganiladi?

  • Korporativ moliya – kompaniya kapital tuzilmasi, qarz va dividend siyosati, qiymat baholash
  • Moliyaviy tahlil va hisobotlar – moliyaviy holat, foyda va zarar, pul oqimi, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotlarini o‘qish, yuritish va tahlil qilish
  • Bank ishi va kredit tahlili – kredit siyosati, foiz stavkalari, valyuta va kredit risklarni boshqarish
  • Soliq va moliyaviy qonunchilik – O‘zbekistondagi va xalqaro moliyaviy normativlar
  • Budjetlashtirish va nazorat – byudjet tuzish, rejalashtirish va samaradorlikni tahlil qilish
  • Raqamli moliya va fintech asoslari – raqamli to‘lovlar, blokcheyn, moliyaviy texnologiyalarning rivoji

 

Kelajakda qanday foyda beradi?

  • Korporativ moliya bo‘yicha rahbar lavozimlarda ishlash imkoniyati
  • Xalqaro moliya tashkilotlari, banklar va investitsiya fondlarida faoliyat yuritish uchun zarur bilimlar
  • Biznesingizda aniq moliyaviy qarorlar qabul qilish qobiliyati
  • Moliyaviy ko‘rsatgichlar va investitsiyalarni tahlil qilish, taaminot zanjiri va moliyaviy risklarni boshqarish, rentabellikni oshirish malakasi
  • Moliya sohasida xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik uchun mustahkam poydevor (masalan, CFA, ACCA, CPA)
  • Shaxsiy va korporativ daromadlarni samarali boshqarish, rejalashtirish va optimallashtirish imkoniyati

 

"MBA Moliya" - bu moliya sohasida chuqur bilim olish, strategik fikrlaydigan va moliyaviy jihatdan kuchli yetakchiga aylanishni istaganlar uchun eng to‘g‘ri tanlovdir.

  • Qo'shimcha ma'lumot

    Mutaxassislik kodiMutaxassislik nomiKvalifikatsiyaTa'lim shakliO‘qish muddatiQabul vaqtiKontrakt summasi(so‘m)
    70410901Biznesni boshqarish(MBA - Moliya)Iqtisodchi, pedagog - tadqiqotchi

    Kunduzgi

    Kechki 

    1,5 yil (Kunduzgi)

    2 yil (Kechki)

     

    Qabul komissiyasi: Iyul–Avgust, Dekabr–Yanvar.

    O‘qish boshlanish vaqti: Sentabr, Mart

    O‘quv dasturining bir yili uchun to‘lov narxi 29,0 mln. so‘m

     

    Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

    • Oliy maʼlumotga hamda kamida umumiy uch yil ish stajiga ega boʼlishi;
    • 45 yoshgacha (yosh bo‘yicha cheklov faqat kunduzgi ta’lim shakliga tegishli).

     

    Imtihon jarayoni:

    • Suhbat (mutaxassislik va umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha);
    • DTM testlari (mutaxassislik va ingliz tili bo‘yicha).

     

    Ingliz tili afzalliklari:

    • CEFR darajasi bo‘yicha B2;
    • IELTS – 5.0 ball;
    • TOEFL – kamida 72 ball.

     

    Kerakli hujjatlar:

    Magistraturaga kirishni istagan nomzodlar rasmiy veb-sayt orqali Oliy biznes maktabi direktoriga murojaat qilishadi va quyidagi hujjatlarning nusxasini taqdim etishadi:

    1. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari yoki tadbirkorlik subyektlari rahbarlari tomonidan imzolangan tavsiyanoma;
    2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;
    3. 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;
    4. Pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
    5. Mehnat daftarchasi (my.gov.uz saytidan olingan PDF yoki JPG nusxasi);
    6. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud bo‘lsa).

     

    O‘qishga ariza topshirish:

    Hujjatlar faqat elektron shaklda, Oliy biznes maktabining rasmiy veb-saytiga yuklash orqali qabul qilinadi.