Doktorantura
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida hozirgi kunda quyidagi
- 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”;
- 08.00.13 – “Menejment”;
- 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”;
- 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli ixstisosliklari bo’yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka (DSc, PhD) qabul amalga oshirilmoqda.
Tayanch doktorantura (PhD) va Doktorantura (DSc) uchun qabul yilda bir marta (Sentabr oyida) va Mustaqil izlanuvchilikka (DSc, PhD) hujjatlar bir yilda toʼrt marta (har chorakda) qabul qilinadi.
Har bir talabgor Innovatsion rivojlanish agentligining yagona elektron tizimi (http://daraja.ilmiy.uz) orqali hujjatlarni topshiradi.
Tayanch doktorantura (PhD) va mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka);
- Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi;
- Nashr etilgan ilmiy ishlarning elektron nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
- Ish joyidan tavsiyanoma (Tayanch doktorantlar uchun);
- Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilik uchun);
- Chet tili sertifikatlari B2 darajada (Tayanch doktorantura uchun);
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
Doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilik doktorantura (DSc)ga oʼqishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:
- Qisqacha biografik ma’lumot (obyektivka);
- Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
- Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi;
- Nashr etilgan ilmiy ishlarning elektron nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis);
- Ish joyidan tavsiyanoma (Doktorantlar uchun);
- Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilik uchun);
- Chet tili sertifikatlari B2 darajada (Doktorantura uchun);
- Ilmiy yutuqlari (mavjud boʻlsa).
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko’chasi 25-uy.
Bog‘lanish uchun telefon: (71) 239-03-25.
Elektron manzil: info@gsbe.uz