AMBA va BGA (MBA va biznes bitiruvçilari uyuşmasi)

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi özining xalqaro miqyosdagi taraqqiyoti yölida yana bir muhim bosqiçni bosib ötdi.
Oliy biznes maktabi AMBA & BGA (Association of MBAs and Business Graduates Association) tomonidan bronza maqomidagi a’zolik sertifikati bilan taqdirlandi.
AMBA & BGA — bu butun dunyo böylab 200 dan ortiq yetakçi biznes maktablarini birlaştirgan nufuzli xalqaro taşkilot bölib, u biznes ta’limidagi eng yuqori sifat standartlari, mas’uliyatli boşqaruv, zamonaviy yondaşuvlar va innovatsion öqitiş metodlarini ilgari suradi.
Bu maqom biz uçun nimani anglatadi?
Global sifat e’tirofi
Bizning ta’lim dasturlarimiz xalqaro ekspertlar tomonidan baholab çiqildi va jahonning yetakçi biznes maktablariga xos mezonlarga javob berişi tan olindi. Bu Oliy biznes maktabining öquv jarayonlari, boşqaruvi, innovatsiyalarga oçiqligi va barqaror rivojlanişga sodiqligini e’tirof etadi.
Xalqaro hamjamiyatning bir qismi
AMBA & BGA a’zosi böliş orqali Oliy biznes maktabi dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida joylaşgan biznes maktablar tarmoğiga qöşildi. Bu ilmiy hamkorlik, qöşma tadqiqotlar, öqituvçilar va talabalar almaşinuvi, şuningdek, xalqaro ta’lim grantlari va loyihalarda iştirok etiş imkonini yaratadi.
Tinglovçilar uçun yangi imkoniyatlar
Bizning tinglovçilar va bitiruvçilar xalqaro sertifikatlaş, professional rivojlaniş dasturlari, netvorking aloqalari va global bilim bazalariga kiriş imkoniyatiga ega böladi. Bu esa ularning nafaqat mahalliy, balki xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoşligini oşiradi.
Özbekiston ta’lim tizimi uçun strategik yutuq
Bu yutuq nafaqat Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, balki mamlakatimiz ta’lim tizimi uçun ham muhim. U Özbekistonda biznes ta’limining yangi bosqiçga ötgayotganini anglatadi.
Qiziqarli fakt:
AMBA & BGA tomonidan akkreditatsiya qilingan har bir dastur yoki muassasa yetarliça isbotlangan akademik sifat, barqaror ta’lim strategiyasi va talabalar ehtiyojlariga e’tibor bilan tanlanadi.
Butun dunyoda MBA dasturlarining atigi 2% AMBA akkreditatsiyasiga ega.
Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyoda uşbu maqomga ega bölgan ta’lim muassasalari soni juda kam — şuning uçun bu yutuq mintaqamiz uçun ham muhim hisoblanadi.
Bu bronza maqomi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining xalqaro tan oliniş yölida muhim bosqiçi bölib, keyingi yillarda töliq akkreditatsiya va oltin maqom sari yöl oçadi.
Biz bu orqali nafaqat özimizning sifatli ta’lim berişga sodiqligimizni, balki Özbekistonning global ta’lim maydonidagi nufuzini oşirişga xizmat qilayotganimizni yana bir bor tasdiqladik.


