Kenjaboev Aman Turgunovich

Head of department

  • Kafedra tomonidan o‘tilaidgan fanlar

    1. Xalqaro raqamli biznes (International Digital Business)

    Global raqamli iqtisodiyot va biznes muhitini o‘rganish.

    Xalqaro elektron tijorat, transchegaraviy to‘lov tizimlari.

    Raqamli biznes modellarini global bozor sharoitida qo‘llash.

    Xalqaro kompaniyalarning raqamli strategiyalari va amaliyoti.

    2. Katta ma’lumotlar bazasini boshqarish (Big Data Management)

    Big Data tushunchasi va asosiy texnologiyalari.

    Ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash usullari.

    SQL va NoSQL bazalarini boshqarish.

    Data-analitika, vizualizatsiya va qaror qabul qilishda qo‘llash.

    3. Marketing menejmenti (Marketing Management)

    Marketing konsepsiyalari va bozor strategiyalari.

    4P modeli: mahsulot, narx, joylashtirish va targ‘ibot.

    Bozorni segmentatsiya qilish va maqsadli mijozlarni tanlash.

    Brend boshqaruvi, raqamli marketing va mijozlar bilan aloqalar.

    4. Raqamli biznesni boshqarish (Digital Business Management)

    Raqamli biznes modellarini shakllantirish.

    Elektron tijorat, startaplar va onlayn platformalarni boshqarish.

    Raqamli texnologiyalar orqali samaradorlikni oshirish.

    Biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va innovatsion boshqaruv.

    5. Raqamli hukumat va elektron tijorat (Digital Government and E-Commerce)

    E-gov konsepsiyasi va davlat xizmatlarini raqamlashtirish.

    Elektron tijoratning turlari (B2B, B2C, C2C).

    Onlayn to‘lov tizimlari va elektron imzo.

    Davlat va biznes o‘rtasidagi raqamli integratsiya.

    6. Kiberxavfsizlik asoslari (Fundamentals of Cybersecurity)

    Kiberxavfsizlik tushunchasi va asosiy tahdidlar.

    Shaxsiy va korporativ ma’lumotlarni himoya qilish usullari.

    Kriptografiya va parollarni boshqarish.

    Internet xavfsizligi, hujum turlari va ularning oldini olish.

    7. Raqamli agrobiznes (Digital Agribusiness)

    Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni qo‘llash.

    Agrobiznesda IoT, dron va sensor texnologiyalari.

    Elektron savdo maydonchalari orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish.

    Fermer xo‘jaliklarida raqamli boshqaruv va ma’lumotlar tahlili.

  • Umumiy ma'lumot

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Marketing va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi 2020 yildan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 904-son qarori bilan qayta tashkil etilgan. Kafedra “MBA raqamli iqtisodiyot - 70411302” magistratura mutaxassiliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan.

  • Kafedraning maqsadi va vazifalari

    Kafedraning maqsadi – marketing va raqamli iqtisodiyot sohalarida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning ilmiy salohiyatini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash orqali mamlakat iqtisodiyoti va biznes rivojiga hissa qo‘shishdan iborat.

    Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    Ta’limiy vazifalar:

    “Marketing” va “Raqamli iqtisodiyot” yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;

    zamonaviy o‘quv dasturlari, interfaol metodlar va raqamli platformalar asosida dars jarayonlarini tashkil etish;

    talabalarni marketing strategiyasi, raqamli biznes, elektron tijorat, data-analitika, elektron hukumat va tijorat, xalqaro marketing sohalarida chuqur bilim bilan ta’minlash.

    Ilmiy-tadqiqot vazifalari:

    marketing va raqamli iqtisodiyot sohasida dolzarb ilmiy izlanishlarni olib borish;

    “raqamli transformatsiya”, “raqamli biznes menejmenti”, “elektron hukumat va tijorat” va “xalqaro marketing” kabi ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy loyihalar ishlab chiqish;

    professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish va ilmiy maqolalarni xalqaro jurnallarda chop ettirish.

    Amaliy va innovatsion vazifalar:

    biznes va davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda amaliy loyihalar, konsultatsiyalar va treninglar o‘tkazish;

    startaplar, innovatsion g‘oyalar va raqamli mahsulotlarni yaratishga ko‘maklashish;

    talabalarni amaliyot jarayonida bozor bilan uzviy bog‘lash.

    Xalqaro hamkorlik vazifalari:

    xorijiy universitetlar bilan qo‘shma dasturlar va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

    professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;

    ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga joriy etish.

    Kafedraning  rasmiy nomi:

    - Davlat tilida: “Marketing va raqamli iqtisodiyot”;

    Rus tilida: “Маркетинг и цифровая экономика;

    - Ingliz tilida: “Marketing and the digital economy”.

    Kafedra faoliyati Oliy maktab direktori buyrug‘i bilan tuziladigan maxsus komissiya tomonidan o‘quv yili yakuni bo‘yicha yoki zarur hollarda o‘quv yili davomida o‘rganib boriladi va reytingi baholanadi. Bunda kafedra va uning mudiri faoliyatining reyting bahosi unda ishlovchi professor-o‘qituvchilar reyting baholari asosida aniqlanadi.

    Kafedra, uning mudiri va professor-o‘qituvchilarining faoliyatini reyting baholash tartibi Oliy maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.

    Oliy maktab direktori, maxsus komissiyaning ma’lumotiga ko‘ra, kafedra mudiri faoliyati natijalarini Oliy maktab Ilmiy kengashida muhokamaga qo‘yadi va tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi.

     Kafedradagi professor, dosentlar kafedra mudiri tomonidan o‘quv yili yakuni bo‘yicha yoki zarur xollarda o‘quv yili davomida o‘rganib boriladi va reytingi baholanadi. Bunda professor va dosentlar faoliyatlarining reyting bahosi kafedra mudiri hamda tinglovchilar reyting baholari asosida aniqlanadi.

    Kafedra mudiri kafedraning umumiy  faoliyatiga ma’sul shaxs hisoblanadi.

    Kafedra mudiri o‘z faoliyatini kafedra nizomi va  lavozim yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiradi.

    Kafedra mudiri kafedradagi xodimlar faoliyatini samarali tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi.

  • Kafedraning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari

    Kafedra Oliy biznes maktabining tayanch tarkibiy bo‘linmasi maqomiga ega bo‘lib, unda magistraturaning “Marketing va raqamli iqtisodiyot” kafedrasida “Raqamli biznes boshqaruvi”, “Agrobiznes”, “Elektron hukumat va tijorat” va “Marketing menejment” sohalari bo‘yicha magistrlar tayyorlash va yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash ishlari hamda Oliy biznes maktabining boshqa bo‘linma (boshqarma va bo‘limlari, filial)lari, kadrlar buyurtmachilari va boshqa manfaatdor shaxslar bilan ishlarni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.

    Kafedra tarkibiga professor, dosent lavozimlarida ishlovchi professor-o‘qituvchilar hamda kafedraga biriktirilgan tayanch doktorant (DSs), doktorant (PhD) va mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, stajyorlar kiradi.

    Professor-o‘qituvchilar ish kunining haftalik (5 kunlik) hajmi 36 soatdan oshmaydi.

    Professor-o‘qituvchi ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy ishlarni ushbu turlardagi ilmiy-pedagogik ijodiy ishlar bo‘yicha o‘zi belgilagan shaxsiy ish rejalarining xarakteri va mazmuni talablaridan kelib chiqib, asosiy ish joyidan uzilmagan holda bajarishi mumkin.

    Professor-o‘qituvchi o‘quv mashg‘ulotlarini dars jadvalida ko‘rsatilgan o‘quv auditoriyalarda yoki onlayn shaklda o‘tkazadi.

    Kafedra o‘quv va ilmiy tadqiqot jarayonlarni ta’minlovchi o‘quv va ilmiy xonalari, kabinetlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalariga hamda muntazam faoliyat yurituvchi Ilmiy seminariga ega bo‘lishi mumkin.

    Kafedra kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan tashkilotlar hududida shartnoma asosida filiallar, qo‘shma ijodiy guruhlar va innovasiyalar markazi tashkil etishi va bu tashkilotlarning mutaxassislari va moddiy-texnika bazasidan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.

    Kafedra faoliyati Oliy biznes maktabi direktori buyrug‘i bilan tuziladigan maxsus komissiya tomonidan o‘quv yili yakuni bo‘yicha yoki zarur hollarda o‘quv yili davomida o‘rganib boriladi va reytingi baholanadi. Bunda kafedra va uning mudiri faoliyatining reyting bahosi unda ishlovchi professor-o‘qituvchilar reyting baholari asosida aniqlanadi.

    Kafedra, uning mudiri va professor-o‘qituvchilarining faoliyatini reyting baholash tartibi Oliy biznes maktabi direktori tomonidan tasdiqlanadi.

    Oliy biznes maktabi direktori, maxsus komissiyaning ma’lumotiga ko‘ra, kafedra mudiri faoliyati natijalarini Oliy biznes maktabi Ilmiy kengashida muhokamaga qo‘yadi va tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi.

    Kafedradagi professor, dosentlar kafedra mudiri tomonidan o‘quv yili yakuni bo‘yicha yoki zarur xollarda o‘quv yili davomida o‘rganib boriladi va reytingi baholanadi. Bunda professor va dosentlar faoliyatlarining reyting bahosi kafedra mudiri hamda tinglovchilar reyting baholari asosida aniqlanadi.

    Kafedra mudiri kafedraning umumiy  faoliyatiga ma’sul shaxs hisoblanadi.

  • Kafedra quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda ish olib boradi

    “Marketing va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi ilmiy-tadqiqot faoliyatini keng qamrovli yo‘nalishlarda olib boradi. Jumladan, marketing nazariyasi va amaliyoti, iste’molchilar xulq-atvori, bozor tahlili hamda segmentatsiyasi, raqamli iqtisodiyotning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari, elektron tijorat va fintech texnologiyalari, xalqaro marketing hamda tashqi iqtisodiy faoliyat strategiyalari, innovatsion menejment va startaplarni rivojlantirish, brend yaratish, strategik kommunikatsiyalar, reklama va PR texnologiyalari, ijtimoiy marketing, yashil iqtisodiyot va ekologik marketing yo‘nalishlari, big data, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida marketing analitikasi, hududiy va tarmoq marketingi, turizm va xizmatlar sohasi marketingi, shuningdek, korporativ marketing boshqaruvi hamda barqaror rivojlanishga oid ilmiy izlanishlar kafedra tadqiqotlari doirasini tashkil etadi.

  • Kafedra o'qituvchilari
    • Kenjaboyev Aman Turg'unovich

      Kenjaboyev Aman Turg'unovich

      Kafedra mudiri

      Professor

    • Ganixodjaev Borixon Fatxullaevich

      Ganixodjaev Borixon Fatxullaevich

      Dotsent

    • Xatamov Nurbek Ochildievich

      Xatamov Nurbek Ochildievich

      Dotsent