Pre-MBA: Boshqaruv asoslari dasturi

Boshqaruv asoslari dasturi

Mazkur o‘quv dasturi turli sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, davlat va xususiy sektor vakillari, tadbirkorlar, boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishni istagan xodimlar hamda kelgusida MBA dasturida tahsil olishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun mo‘ljallangan.

Dastur menejment, iqtisodiyot, moliya, marketing, strategiya, liderlik, tadbirkorlik, raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt kabi zamonaviy boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beradi.

Shuningdek, bakalavriat bosqichida iqtisodiyot, menejment yoki biznesga oid yo‘nalishlarda tahsil olmagan, biroq kelgusida MBA dasturida o‘qishni rejalashtirayotgan mutaxassislar uchun Pre-MBA zarur bilim bazasini shakllantirish va MBA ta’lim metodologiyasiga moslashish uchun tayyorlov bosqichi vazifasini bajaradi.

Dastur maqsadi:

Tinglovchilarda zamonaviy boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, strategik va tahliliy fikrlash, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, real biznes va boshqaruv vaziyatlarini tahlil qilish hamda professional kommunikatsiya kompetensiyalarini rivojlantirish.

Shu bilan birga, MBA ta’limini davom ettirishni rejalashtirayotgan tinglovchilarni MBA dasturlarida qo‘llaniladigan ta’lim metodologiyasi va amaliy o‘quv formatlariga tayyorlash.

Dasturning vazifalari:

  • menejment, iqtisodiyot, moliya, marketing va strategiya bo‘yicha fundamental bilimlarni shakllantirish;

  • tashkilot faoliyati va boshqaruv jarayonlarini tizimli tushunishni rivojlantirish;

  • moliyaviy hisobotlar va asosiy biznes ko‘rsatkichlarini tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

  • strategik va analitik fikrlash hamda asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • liderlik, motivatsiya va jamoani boshqarish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish;

  • tadbirkorlik, innovatsiya va yangi tashabbuslarni rivojlantirish bo‘yicha fundamental bilimlarni berish;

  • raqamli transformatsiya va sun’iy intellektning boshqaruvdagi imkoniyatlari bilan tanishtirish;

  • case-study, jamoaviy muhokama va amaliy topshiriqlar orqali real boshqaruv muammolariga yechim ishlab chiqish ko‘nikmasini rivojlantirish;

  • professional yozish, taqdimot va pitching ko‘nikmalarini rivojlantirish.

        

          Dastur quyidagi asosiy modullarni o‘z ichiga oladi:

  • Foundations of Management & Business – menejment va boshqaruv asoslari;

  • Managerial Economics – boshqaruv iqtisodiyoti;

  • Accounting & Finance for Managers – rahbarlar uchun buxgalteriya hisobi va moliya;

  • Marketing Management – marketing boshqaruvi;

  • Human Resource Management & Leadership – inson resurslarini boshqarish va liderlik;

  • Strategy & Business Models – strategiya va biznes modellari;

  • Digital Business & AI for Managers – raqamli transformatsiya va rahbarlar uchun sun’iy intellekt;

  • Entrepreneurship & Innovation – tadbirkorlik va innovatsiyalar;

  • Business Communication & Presentation Skills – professional kommunikatsiya va taqdimot ko‘nikmalari.

Dastur davomida nazariy bilimlar case-study, amaliy topshiriqlar, jamoaviy muhokamalar, real boshqaruv vaziyatlari va loyihalar bilan mustahkamlanadi.

 

O‘qish shakli va davomiyligi:

Davomiyligi: 2 oy / 8 hafta

Umumiy o‘quv yuklamasi: 80 akademik soat

O‘qish shakli: onlayn (talabga qarab offline)

Mashg‘ulotlar: haftasiga 4 marta

Ta’lim tili: o‘zbek, alohida modullar ingliz tilida tashkil etilishi mumkin

Dasturning umumiy narxi: 5 000 000 so‘m

 

Qabul uchun asosiy talab:

Bakalavr darajasi va professional rivojlanishga intilish.

Bakalavr mutaxassisligi bo‘yicha cheklov mavjud emas. Dasturda ishtirok etish uchun iqtisodiyot, menejment yoki biznes yo‘nalishida avval tahsil olgan bo‘lish talab etilmaydi.

Ish tajribasi Pre-MBA dasturiga qabul qilish uchun majburiy talab hisoblanmaydi.

 

Dastur yakuni:

Dastur davomida tinglovchilar o‘zlashtirgan bilim va vositalarni amaliyotda qo‘llash maqsadida Final Business Project ishlab chiqadilar va himoya qiladilar.

Dastur talablarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchilarga Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Certificate of Completion sertifikati beriladi.

Pre-MBA zamonaviy boshqaruv bilimlarini shakllantirish, professional kompetensiyalarni rivojlantirish va keyingi ta’lim bosqichiga tayyorlanish uchun mustahkam poydevor.