Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “ISO 31000:2018 – Xavflarni boshqarish standartini joriy etish” mavzusida 5 kunlik o‘quv kursi tashkil etildi
26-01-2026 | 160
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, “UzAssets” aksiyadorlik jamiyati, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati va “TÜV Austria”ning O‘zbekistondagi rasmiy hamkori, menejment tizimlarini sertifikatlash organi “CAC” hamkorligida “ISO 31000:2018 - Xavflarni boshqarish standartini joriy etish” mavzusida 5 kunlik o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining o‘rinbosari Xolbayev Baxrom Avazbayevich kirish so‘zi bilan ochib, kursning ahamiyati va ishtirokchilar uchun berishi mumkin bo‘lgan amaliy foydalari haqida so‘zlab berdi. O‘quv kurs ishtirokchilariga zamonaviy metod va yondashuvlarni amaliyotga joriy etish imkoni, shuningdek xavflarni tizimli ravishda aniqlash, baholash va boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berishi takidlab o‘tildi.
O‘quv kursini “TÜV Austria” xalqaro eksperti Farzaliev Zaur Qurbon o‘g‘li olib bordi. O‘quv kursi davomida ishtirokchilar ISO 31000:2018 xalqaro standartining asosiy tamoyillari, xavflarni aniqlash va baholash usullari, shuningdek ularni korporativ boshqaruv va ichki nazorat tizimlariga integratsiya qilishning amaliy jihatlari bilan tanishdilar.