Davlat xizmatidagi rahbar ayollar forumi: yangi imkoniyatlar va istiqbollar

Davlat xizmatidagi rahbar ayollar forumi: yangi imkoniyatlar va istiqbollar #BiznesVaTadbirkorlikOliyMaktabi #Forum

Bugun poytaxtimizning Hilton mehmonxonasida "Rahbar ayollar maktabi" dasturi 4-mavsumining yakuniga bag‘ishlangan "Davlat xizmatidagi rahbar ayollar forumi: yangi imkoniyatlar va istiqbollar" mavzusidagi forum bo‘lib o‘tdi.

Forumni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Muxitdinov Asror Akobirovich xotin-qizlarning davlat xizmatidagi ishtiroki va yetakchilik salohiyatini oshirish borasidagi nutqi bilan ochib berdi.

Shuningdek, tadbir doirasida hukumat rahbarlari va malakali ekspertlar xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotdagi ishtiroki, gender tengligini ta’minlash, mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yashil iqtisodiyot kabi dolzarb masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorning o‘rinbosari Artikova Svetlana Baymirzayevna o‘z chiqishlarida aytib o‘tdi.

Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining birinchi o‘rinbosari Sharaxmetov Shaxrux Shaturgunovich ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro maydonda mamlakat imijini yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslari, davlat fuqarolik xizmatida gender tenglikni ta’minlash tizimi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati, "O‘zbekiston - 2030" Strategiyasi kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha mazmunli ma'ruzalar tashkil etilganligini alohida qayd etdilar. 

Ishtirokchilar xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishdagi ahamiyati, yashil iqtisodiyot, davlat boshqaruvini raqamlashtirish hamda sun’iy intellektni samarali joriy etish kabi yo‘nalishlarda zamonaviy bilimlar va tajribalarga ega bo‘ldilar.

Tantanali marosimda forum tinglovchilariga o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari munosabati bilan sertifikatlar topshirildi. Ushbu tadbirda hukumat rahbarlari va tashkilotchilar vakillari tinglovchilarning bilimga bo‘lgan intilishlari va yetakchilik salohiyatini yuqori baholashdi.

Davlat xizmatidagi rahbar ayollar forumi: yangi imkoniyatlar va istiqbollar