IFRS S1 va S2: barqarorlik hisoboti bo‘yicha qo‘llanma taqdim etilmoqda

22-09-2026 | 27

IFRS S1 va S2: barqarorlik hisoboti bo‘yicha qo‘llanma taqdim etilmoqda

#ESG #IFRS #UzAssets #GraduateSchool #Sustainability

Bugun, 22-sentyabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida yirik davlat korxonalari uchun yangi qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.

Hujjat “UzAssets” AJ va Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida “ESG Center of Excellence” tashabbusi doirasida PwC ekspertlari tomonidan tayyorlangan. U barqarorlik hisobotini endi joriy etayotgan kompaniyalarga mo‘ljallangan va quyidagi masalalarni qamrab oladi:

  • asosiy yondashuvlar va xalqaro talablar;
  • birinchi hisobot davri uchun o‘tish qoidalari;
  • SASB standartlaridan foydalanish;
  • boshqaruv hisoboti va ikki tomonlama muhimlikni (double materiality) baholash.

 

Tadbirda tizimli ahamiyatga ega 20 dan ortiq davlat korxonalari — “Olmaliq KMK”, “Navoiy KMK”, “O‘zmetkombinat”, “O‘zbekneftgaz”, “Uzbekistan Airways” va boshqalarning transformatsiya, ESG, moliya va ekologiya bo‘yicha mas’ul rahbar va mutaxassislari ishtirok etmoqda.