Yangiliklar
Oliy maktab va YeXHT: davlat korxonalari uchun ESG qo‘llanmasi taqdim etildi
22-09-2026 | 44
Bugungi tadbirda yana bir nashr taqdim etildi. Bu “Davlat korxonalarida korporativ boshqaruv amaliyotiga ESG tamoyillarini joriy etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma”dir. Uni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi mutaxassislari YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori ko‘magida ishlab chiqdi.
Qo‘llanmada Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Jahon bankining ilg‘or tajribasi milliy qonunchiligimizga moslashtirilgan. Unda biznes modellarini barqaror rivojlanish maqsadlari asosida qayta qurishning amaliy metodologiyasi bosqichma-bosqich bayon etilgan.
ESG tamoyillariga asoslangan boshqaruv davlat korxonalariga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- operatsion xatarlarni tizimli kamaytirish;
- jamiyat va xalqaro hamkorlar ishonchini mustahkamlash;
xalqaro “yashil” moliya bozorlariga chiqish va investitsiyalar jalb qilish.