Biznesni boshqarish va tadbirkorlik
Suyunov Dilmurod
Xolmurodovich
Kafedrasi mudiri\
-
Umumiy ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Biznesni boshqarish va tadbirkorlik (MBA)” kafedrasi 2023-yil 13-aprelda tashkil etildi. Kafedraning Nizomida uning huquqiy maqomi, maqsadi, vazifalari, huquq va majburiyatlari, uning faoliyatini tashkil etish tartibi, kafedra xodimlarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi belgilangan.
Kafedra Oliy maktabning tayanch tarkibiy bo‘linmasi maqomiga ega bo‘lib, “Biznesni boshqarish va tadbirkorlik (MBA)” kafedrasida magistraturaning “Moliya”, “Global menejment”, “Kichik biznes va tadbirkorlik”, “Raqamli iqtisodiyot” va “Agrobiznes” sohalari bo‘yicha magistrlar tayyorlash va yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash ishlari hamda Oliy maktabning boshqa bo‘linma (boshqarma va bo‘limlari, filial)lari, kadrlar buyurtmachilari va boshqa manfaatdor shaxslar bilan ishlarni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
-
Kafedraning maqsadi va vazifalari
Kafedra Oliy maktabning tayanch tarkibiy bo‘linmasi maqomiga ega bo‘lib, unda magistraturaning “Biznesni boshqarish va tadbirkorlik (MBA) ” kafedrasida “Global menejment”, “Moliya”, “Kichik biznes va tadbirkorlik” va “Agrobiznes” sohalari bo‘yicha magistrlar tayyorlash va yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash ishlari hamda Oliy maktabning boshqa bo‘linma (boshqarma va bo‘limlari, filial)lari, kadrlar buyurtmachilari va boshqa manfaatdor shaxslar bilan ishlarni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Kafedra tarkibiga professor, dosent lavozimlarida ishlovchi professor-o‘qituvchilar hamda kafedraga biriktirilgan tayanch doktorant (DSs), doktorant (PhD) va mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, stajyorlar kiradi.
Professor-o‘qituvchilar ish kunining haftalik (5 kunlik) hajmi 36 soatdan oshmaydi.
Professor-o‘qituvchi ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy ishlarni ushbu turlardagi ilmiy-pedagogik ijodiy ishlar bo‘yicha o‘zi belgilagan shaxsiy ish rejalarining xarakteri va mazmuni talablaridan kelib chiqib, asosiy ish joyidan uzilmagan holda bajarishi mumkin.
Professor-o‘qituvchi o‘quv mashg‘ulotlarini dars jadvalida ko‘rsatilgan o‘quv auditoriyalarda yoki onlayn shaklda o‘tadi.
Kafedra o‘quv va ilmiy tadqiqot jarayonlarni ta’minlovchi o‘quv va ilmiy xonalari, kabinetlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalariga hamda muntazam faoliyat yurituvchi Ilmiy seminariga ega bo‘lishi mumkin.
Kafedra kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan tashkilotlar hududida shartnoma asosida filiallar, qo‘shma ijodiy guruhlar va innovasiyalar markazi tashkil etishi va bu tashkilotlarning mutaxassislari va moddiy-texnika bazasidan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.
Kafedraning rasmiy nomi:
- Davlat tilida: “Biznesni boshqarish va tadbirkorlik (MBA)”;
- Rus tilida: “Управление бизнесом va tadbirkorlik (MBA)”;
- Ingliz tilida: “Business Administration va tadbirkorlik (MBA)”.
Kafedra faoliyati Oliy maktab direktori buyrug‘i bilan tuziladigan maxsus komissiya tomonidan o‘quv yili yakuni bo‘yicha yoki zarur hollarda o‘quv yili davomida o‘rganib boriladi va reytingi baholanadi. Bunda kafedra va uning mudiri faoliyatining reyting bahosi unda ishlovchi professor-o‘qituvchilar reyting baholari asosida aniqlanadi.
Kafedra, uning mudiri va professor-o‘qituvchilarining faoliyatini reyting baholash tartibi Oliy maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy maktab direktori, maxsus komissiyaning ma’lumotiga ko‘ra, kafedra mudiri faoliyati natijalarini Oliy maktab Ilmiy kengashida muhokamaga qo‘yadi va tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi.
Kafedradagi professor, dosentlar kafedra mudiri tomonidan o‘quv yili yakuni bo‘yicha yoki zarur xollarda o‘quv yili davomida o‘rganib boriladi va reytingi baholanadi. Bunda professor va dosentlar faoliyatlarining reyting bahosi kafedra mudiri hamda tinglovchilar reyting baholari asosida aniqlanadi.
Kafedra mudiri kafedraning umumiy faoliyatiga ma’sul shaxs hisoblanadi.
Kafedra mudiri o‘z faoliyatini kafedra nizomi va lavozim yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiradi.
Kafedra mudiri kafedradagi xodimlar faoliyatini samarali tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi.
-
Kafedrada o'tiladigan fanlar
“Biznesni boshqarish MBA (global menejment)” mutaxassisligining asosiy fanlari: Biznes huquqi, Korporativ boshqaruv, Inson resurslarini boshqarish, Marketing menejmenti, Strategik va operasion menejment, O‘zgarishlarni boshqarish, Boshqaruv hisobi va moliyaviy menejment va Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi.
“Biznesni boshqarish MBA (global menejment)” mutaxassisligining tanlov fanlari: Liderlik va tashkilot rivoji, Loyihaviy boshqaruv asoslari, Boshqaruv etikasi va korporativ madaniyat, Korporativ tadbirkorlik va biznes modellari, Xalqaro biznes, Innovasiyalarni boshqarish, Biznesda davlat va xususiy sheriklik va Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish.
“Biznesni boshqarish MBA (moliya)” mutaxassisligining asosiy fanlari: Banklar va moliya muassasalarini boshqarish, Boshqaruv hisobi va moliyaviy menejment, Moliyaviy hisobot tahlili va MHXS, Korporativ moliya, Strategik va operasion menejment, Derivativlar, risklar va xedjirlash, Inson resurslarini boshqarish, Global moliya bozorlari.
“Biznesni boshqarish MBA (moliya)” mutaxassisligining tanlov fanlari: Loyihaviy moliyalashtirish, Boshqaruv etikasi va korporativ madaniyat, Islom moliyasi, Moliya huquqi, Investision banking, Raqamli moliya, Biznesda davlat va xususiy sheriklik, Xalqaro moliya bozorlari.
“Biznesni boshqarish MBA (kichik biznes va tadbirkorlik)” mutaxassisligining asosiy fanlari: Biznes huquqi, Inson resurslarini boshqarish, Marketing menejmenti, Tadbirkorlik va kompaniyani boshqarish,Tadbirkorlik moliyasi va menejmenti, Korporativ tadbirkorlik va biznes modellari, Elektron tijorat va raqamli marketing, Startap loyihalarni boshqarish, Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi.
“Biznesni boshqarish MBA (kichik biznes va tadbirkorlik)” mutaxassisligining tanlov fanlari: Loyihaviy boshqaruv asoslari, Boshqaruv etikasi va korporativ madaniyat, Biznesda raqamli boshqaruv, Xalqaro biznes, Kichik biznesda eksport-import operasiyalari, Boshqaruv hisobi va moliyaviy menejment, Biznes inkubatorlar faoliyatini tashkil etish va boshqarish, Kichik biznesda innovatsion loyihalar.
“Loyiha boshqaruvi (Project Management)” mutaxassisligining asosiy fanlari: Loyihaviy boshqaruvning asoslari, Loyihaviy moliyalashtirish, Loyiha boshqaruvida strategiya, Loyihaviy boshqaruvning metodologiyasi, Inson resurslarini boshqarish, Strategik va operasion menejment, Startap loyihalarni boshqarish, Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish, Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi.
“Loyiha boshqaruvi (Project Management)” mutaxassisligining tanlov fanlari: Innovasiyalarni boshqarish, Boshqaruv etikasi va korporativ madaniyat, Loyihada shartnomalarni boshqarish, Loyiha jamoasini boshqarish, Loyihada risklarni boshqarish, Amaliy loyihaviy boshqaruv, Loyiha boshqaruvida raqamli texnologiyalarni qo‘llash, Biznesda davlat va xususiy sheriklik.
“Biznesni boshqarish MBA (agrobiznes sohasi)” mutaxassisligining asosiy fanlari: Korporativ boshqaruv. Inson resurslarini boshqarish, Marketing menejmenti, Strategik va operasion menejment, Agrobiznesda asosiy texnologiyalar, Agrobiznesda eksport va import operasiyalari, Agrobiznesda yer, suv va mulkiy munosabatlar, Raqamli agrobiznes, Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi.
“Biznesni boshqarish MBA (agrobiznes sohasi)” mutaxassisligining tanlov fanlari: Biznes huquqi, Boshqaruv etikasi va korporativ madaniyat. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari, Agrar sohada tadbirkorlik, Boshqaruv hisobi va moliyaviy menejment, Agrobiznesda startap loyihalar, Biznesda davlat va xususiy sheriklik kabi va boshqa yangi zamonaviy qo‘shiladigan fanlar o‘qitiladi.
-
Kafedra o'qituvchilari
-
Suyunov Dilmurod Xolmurodovich
Kafedra mudiri
Professor
-
Qodirov Tuygun Uzoqovich
Associate professor
-
Aliqoriyev Olim Furqat o'g'li
Dotsent
-
Atajanov Azizbek Abdumalikovich
Dotsent
-
Otakuzieva Zuxra Maratdaevna
Professor
-
Raximova Dilfuza Nigmatovna
Professor
-
Iminov Odiljon Karimovich
Professor
-
Xamiraev Odil Xamizaevich
Professor
-
Azizov Ildar Rafaelevich
Dotsent
-