Yangiliklar
Оliy ta’lim muassasalarida startap loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik muloqoti
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida oliy ta’lim muassasalarining biznes inkubatorlari bilan startap loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik muloqoti bo‘lib o‘tadi.
Tadbir doirasida oliy ta’lim muassasalari qoshidagi biznes inkubatorlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, yangi tashabbuslarni muhokama qilish va tajriba almashish rejalashtirilgan.
Shuningdek, tadbirda quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
- -Oliy ta’lim muassasalarda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash jarayonidagi muammolar;
- -Talabalar startap loyihalarini samarali amalga oshirishda Oliy ta’lim muassasalarning vazifalari;
- -Oliy ta’lim muassasalarida qulay startap muhitini yaratish uchun zarur shart-sharoitlar;
-Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyalari.
Sana: 2025-yil 27-noyabr
Vaqt: 10:00-12:00
Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy)
Telefon: +998 71 239-23-07