Andijon viloyati, Asaka shahridagi “UzAuto Motors” zavodiga tashrif

Andijon viloyati, Asaka shahridagi “UzAuto Motors” zavodiga tashrif #GSBE #GraduateSchool #UzAuto #Engine #Study #Education

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatining yetakchi korxonalaridan biri — “UzAuto Motors” AJ zavodiga amaliy tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida tinglovchilar zavod hududida ekskursiya qilib, avtomobil ishlab chiqarishning barcha bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar. Ular ishlab chiqarish liniyalari faoliyati, zamonaviy texnologik jarayonlar, avtomobilsozlikdagi innovatsion yondashuvlar hamda ilg‘or tajribalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tinglovchilarga korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, mehnat intizomi, xavfsizlik madaniyati va jamoaviy ish muhitini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur tashrif tinglovchilar uchun avtomobilsozlik sohasining amaliy jihatlarini o‘rganish, ishlab chiqarish jarayonini bevosita kuzatish va real ish muhitini his etish uchun muhim tajriba bo‘ldi.