Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida tashkiliy yetakchilikning insoniy omiliga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida tashkiliy yetakchilikning insoniy omiliga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi #GSBE #GraduateSchool #Masterclass #Organizationalleadership

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Menejment doirasidan tashqarida: tashkiliy yetakchilikning insoniy tomoni” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Mahorat darsining mehmoni ingliz tili bo‘yicha xalqaro ekspert, pedagog va tadqiqotchi, “Tashkiliy innovatsiyalar” yo‘nalishi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori Juzeppe Kiaramonte bo‘ldi.

O‘quv seminari interfaol formatda o‘tkazilib, unda ishtirokchilar tashkiliy yetakchilikda inson omilining ahamiyati, nazariya va boshqaruv amaliyoti o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, sun’iy intellektning zamonaviy yetakchilik va jamoalardagi insoniy munosabatlarga ta’siri hamda zamonaviy yetakchilik konsepsiyalarini hayotga tadbiq etish yo‘llarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Uchrashuv ishtirokchilarga nazariy bilimlarni amaliy mashqlar orqali mustahkamlash, samarali boshqaruv va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, xalqaro darajada raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanish imkonini berdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday mashg‘ulotlarni kelajakda muntazam o‘tkazishning ahamiyatini alohida e’tirof etdilar.