“Menejment doirasidan tashqarida: tashkiliy yetakchilikning insoniy tomoni” mavzusida mahorat darsi

“Menejment doirasidan tashqarida: tashkiliy yetakchilikning insoniy tomoni” mavzusida mahorat darsi #GSBE #GraduateSchool #Masterclass #Organizationalleadership

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Menejment doirasidan tashqarida: tashkiliy yetakchilikning insoniy tomoni” mavzusidagi mahorat darsiga taklif etamiz.

Bizning mehmon maruzachimiz — doktor Juzeppe Kiaramonte, ingliz tili bo‘yicha xalqaro ekspert, pedagog va tadqiqotchi, “Tashkiliy innovatsiyalar” yo‘nalishi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (National University, San-Diego, AQSh), ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish bo‘yicha xalqaro TESOL sertifikatiga ega mutaxassis.

Mahorat darsida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda bilim va amaliy tajriba olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:

-  Tashkiliy yetakchilikda inson omilining o‘rni;

- Nazariya va boshqaruv amaliyoti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik; 

- Sun’iy intellektning zamonaviy yetakchilik va jamoalardagi insoniy munosabatlarga ta’siri;

- Zamonaviy yetakchilik konsepsiyalari hayotda qanday amalga oshirilishini muhokama qilish.

Mahorat darsi ingliz tilida o‘tkaziladi.

Sana: 2025-yil 7-noyabr

Vaqti: 10:30 – 12:00

Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi