Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida raqamli biznes modellarni rivojlantirishga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Raqamli biznes modellar orqali yangi daromad manbalarini shakllantirish strategiyalari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Tadbirda spiker sifatida BMT Taraqqiyot dasturining mentori, Farmatsevtika texnik universiteti bo‘lim boshlig‘i hamda LiPatch startapi asoschisi Barnoxon Artikxodjayeva ishtirok etdi.
Mazkur mahorat darsi raqamli biznes modellar, investitsiyalarni jalb qilish va raqamli ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha amaliy bilim va tajriba almashishga qaratildi. Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi:
raqamli biznes modellarining mohiyati va turlari; yangi daromad manbalarini shakllantirish strategiyalari; investorlarni jalb etishning zamonaviy usullari; xalqaro tajriba va muvaffaqiyatli loyihalar tahlili; raqobatdosh ustunlikni shakllantirish yondashuvlari; barqaror rivojlanish va ijtimoiy ta’sir mexanizmlari.
Tadbir davomida ishtirokchilar real keyslar asosida tahliliy mashg‘ulotlarda qatnashib, raqamli biznes modellarni yaratish va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha foydali tavsiyalar olishdi.
Mazkur mahorat darsi — raqamli iqtisodiyot sharoitida innovatsion g‘oyalarni amaliy biznes loyihalarga aylantirish, shuningdek, raqobatbardosh va barqaror biznes modelini shakllantirishga intilayotganlar uchun muhim tajriba va bilim almashish maydoniga aylandi.