Taʼlim safari Skolkovo fan va texnologiyalar instituti (Skolteç) hamda «Skolkovo» Texnoparkiga taşrif bilan boşlandi.
Taşrif davomida iştirokçilar «Skolkovo» startap ekotizimi faoliyati, innovatsion loyihalarni qöllab-quvvatlaşning zamonaviy mexanizmlari, şuningdek, yangi texnologik ğoyalarni şakllantiriş va rivojlantiriş amaliyoti bilan yaqindan tanişdilar. Ayniqsa, Skolteç tarkibidagi FabLab laboratoriyasiga taşrif katta qiziqiş uyğotdi. Uşbu laboratoriyada iştirokçilar ğoyalarning real prototiplarga aylanişi va amaliyotga tatbiq etilişi jarayonini bevosita kuzatiş imkoniga ega böldilar.

Taşrif doirasida «Skolkovo»ning kommunikatsiyalar va hamjamiyatni rivojlantiriş böyiça vitse-prezidenti, hurmatli Aleksey Yuryeviç Sitnikov iştirokida maʼruza va davra suhbati taşkil etildi. Maʼruza «Texnologik suverenitet modeli» mavzusiga bağişlandi.
Davra suhbati davomida texnologik suverenitetning zamonaviy davlatlar uçun ahamiyati, Rossiya va Özbekistonning texnologik mustaqillikka erişiş salohiyati, şuningdek, uşbu yönalişda ikki davlat örtasidagi hamkorlikning istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi.

Taʼlim dasturining navbatdagi bosqiçi Prezident akademiyasi (РАНХиГС)ga taşrif bilan davom etdi. Bu yerda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakillari hamda qöşma magistratura dasturi tinglovçilari Prezident akademiyasi prorektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Federatsiyasida xizmat körsatgan iqtisodçi Andrey Markoviç Margolinning maʼruzasida iştirok etdilar.
«Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişning global tendensiyalari va strategik ustuvor yönalişlari» mavzusidagi maʼruza jahon iqtisodiyotidagi dolzarb tendensiyalar, zamonaviy strategik çaqiriqlar va barqaror rivojlaniş ustuvorliklariga bağişlandi. Tinglovçilar zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar böyiça ekspert qaraşlari bilan yaqindan tanişiş hamda rahbarlarning strategik fikrlaşini şakllantirişda muhim ahamiyatga ega bölgan masalalarni muhokama qiliş imkoniga ega böldilar.

Bunday taʼlim taşriflari nafaqat kasbiy bilimlarni kengaytiriş va ilğor xalqaro tajribalarni örganiş, balki akademik aloqalarni mustahkamlaş, boşqaruv kompetensiyalarini rivojlantiriş hamda muassasalararo hamkorlik uçun yangi imkoniyatlarni yaratişga xizmat qiladi.







