2026-yil 16-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan Toşkent viloyati, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Samarqand, Andijon, Namangan, Sirdaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida hokim yordamçilari uçun «Loyiha menejeri» mavzusida qisqa muddatli malaka oşiriş öquv kurslari boşlandi. Mazkur kurslarni respublikaning barça hududlarida taşkil etiş rejalaştirilgan.
Mazkur öquv kurslari davlatimiz rahbarining 2026-yil 3-sentabr kuni kambağallikni qisqartiriş va aholi daromadlarini oşiriş böyiça işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişida belgilangan topşiriqlar ijrosini taʼminlaş, hokim yordamçilari faoliyati samaradorligini oşiriş maqsadida taşkil etilmoqda.

Öquv kurslarining asosiy maqsadi - hokim yordamçilarida mahalladagi mavjud muammo va imkoniyatlarni aniqlaş, ularni amaliy loyihalarga aylantiriş, rejalaştiriş, hamkorlarni jalb qiliş va natijadorlikni baholaş böyiça zarur bilim va amaliy könikmalarni şakllantirişdan iborat.
Öquv dasturi uçta asosiy modulni qamrab oladi. Jumladan, birinçi modulda loyiha tuşunçasi, muammoning ildiz sabablarini aniqlaş va uni loyihaga aylantiriş algoritmi; ikkinçi modulda mikroloyihalarni rejalaştiriş, loyiha pasportini şakllantiriş hamda resurs va muddatlarni samarali boşqariş; uçinçi modulda esa real keyslar tahlili, moliyaviy hisob-kitoblar va loyihalar samaradorligini baholaş masalalari örgatiladi.

Amaliy maşğulotlar doirasida «90 kunda - natija» loyihasi misolida 120 million sömlik budjetni taqsimlaş, iş örinlari qiymatini hisoblaş, mahalladagi muammolar asosida mikroloyiha ğoyalarini işlab çiqiş va taqdim etiş nazarda tutilgan. Şuningdek, loyihalar natijadorligini KPI va «Svetofor» usullari orqali baholaş böyiça könikmalar şakllantiriladi.
Maşğulotlar Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining hududiy filiallari xodimlari tomonidan nazariy va amaliy yondaşuvlar uyğunligida olib borilmoqda.

Mazkur öquv kurslari hokim yordamçilarining kasbiy salohiyatini oşiriş, mahallalarda loyihaviy yondaşuvni keng joriy etiş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartirişga qaratilgan işlarning samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.













