Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Germaniyaning Senior Experten Service (SES) taşkiloti bilan hamkorlik doirasida jalb etilgan ekspert - doktor Feliks Fremerey (Dr. Felix Fremerey) öz missiyasini yakunlamoqda.

Taşrif davomida ekspert Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakillari bilan birgalikda tejamkor işlab çiqariş (Lean Management) konsepsiyasini amaliyotga joriy etiş böyiça yondaşuvlarni örganiş va rivojlantirişga qaratilgan işlarni amalga oşirdi.

Missiya doirasida ekspert professor-öqituvçilar, markaziy apparat hamda hududiy bölinmalar xodimlari uçun tejamkor işlab çiqariş böyiça trening ötkazdi. Şuningdek, Farğona viloyatida kiçik va örta biznes vakillari uçun tejamkor işlab çiqariş vositalarini qöllaş, biznes jarayonlarini optimallaştiriş hamda korxonalar unumdorligini oşirişga bağişlangan amaliy maşğulotlar va seminarlar taşkil etildi.

Bundan taşqari, ekspert Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professorlari bilan hamkorlikda tejamkor işlab çiqariş sohasidagi bilimlarni tizimlaştiriş va amaliy könikmalarni rivojlantirişga qaratilgan Lean Management öquv dasturini işlab çiqişda iştirok etdi.

Missiya yakunlari böyiça tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantiriş va Özbekiston korxonalarida tejamkor işlab çiqariş konsepsiyasini joriy etiş böyiça birgalikdagi işlarni davom ettirişga kelişib oldilar. Uşbu hamkorlik doirasida mamlakat hududlarida ixtisoslaştirilgan öquv kurslari va amaliy tadbirlarni taşkil etiş ham nazarda tutilgan.