Yangiliklar
“Maxam-Çirçiq” AJda işlab çiqariş samaradorligini oşirişga qaratilgan seminar ötkazildi
21-10-2026 | 60
2026-yil 21-oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda “Maxam-Çirçiq” AJ hamkorligida işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, harajatlarni kamaytiriş va zamonaviy boşqaruv yondaşuvlarini joriy etişga bağişlangan seminar-trening taşkil etildi.
Tadbirda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor-öqituvçilari B. Alimov va Z. Berdinazarov, şuningdek, “Senior Experten Service” (Germaniya) taşkilotining xalqaro eksperti, texnika fanlari nomzodi, doktor Feliks Fremerey maʼruzalari bilan iştirok etdi.
Seminarni taşkil etişdan asosiy maqsad - kimyo sanoati korxonalarida işlab çiqariş jarayonlarining iqtisodiy samaradorligini oşiriş, ortiqça harajat va yöqotişlarni kamaytiriş, resurslardan oqilona foydalaniş, tejamkor boşqaruv tamoyillarini amaliyotga joriy etiş hamda işlab çiqariş jarayonlarini takomillaştiriş böyiça xalqaro tajribani örganişdan iborat böldi.
Tadbir davomida xalqaro ekspert doktor Feliks Fremerey işlab çiqariş jarayonlarini takomillaştirişda Lean Management yondaşuvining amaliy jihatlari haqida söz yuritdi. Unda korxona faoliyatida resurslardan samarali foydalaniş, işlab çiqarişdagi ortiqça operatsiyalarni kamaytiriş va jarayonlar örtasidagi muvofiqlikni taʼminlaş orqali samaradorlikni oşiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, işlab çiqarişning turli bosqiçlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan vaqt, resurs va mehnat yöqotişlarini aniqlaş hamda ularning oldini oliş böyiça amaliy yondaşuvlar körsatib berildi.
Ekspert tomonidan, ayniqsa, kimyo sanoati korxonalarida işlab çiqarişning barqaror işlaşini taʼminlaş, moddiy resurslar harakatini maqbullaştiriş va logistika jarayonlarini samarali taşkil etiş böyiça amaliy tavsiyalar berildi.
Seminarda B. Alimov va Z. Berdinazarov tomonidan ham işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, zamonaviy boşqaruv usullaridan foydalaniş, korxonalarda innovatsion yondaşuvlarni joriy etiş hamda inson resurslaridan samarali foydalaniş masalalari yuzasidan maʼruzalar qilindi. Kaizen tamoyillari asosida esa jarayonlarni bosqiçma-bosqiç takomillaştiriş, mavjud muammolarni tizimli ravişda tahlil qiliş va korxona faoliyatida doimiy yaxşilaniş mexanizmlarini şakllantirişning ahamiyati qayd etildi.
Seminar iştirokçilari xalqaro ekspert bilan bevosita muloqot qilib, öz korxonalarida uçrayotgan amaliy masalalar yuzasidan fikr va tajriba almaşdilar. Muhokamalar davomida olingan bilim va tavsiyalarni işlab çiqariş jarayonlariga tatbiq etiş imkoniyatlari körib çiqildi.