Yangiliklar
Boshqaruv kompetensiyalari, liderlik va kommunikatsiyalar: NNTlarni rivojlantirish yo‘lida yangi bilimlar
15-10-2026 | 21
Вiznes va tadbirkorlik оliy maktabi tomonidan tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarining navbatdagi kuni nodavlat notijorat tashkilotlarini (NNT) samarali boshqarishning asosiy jihatlari, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kommunikatsiya faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlandi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar NNTlarda inson resurslarini boshqarish, jamoa bilan samarali ishlash va liderlik, tashkilot brendini shakllantirish va jamoatchilik bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Alohida e’tibor ahil va samarali jamoalarni shakllantirish, ichki hamkorlik samaradorligini oshirish, tashkilotlar obro‘sini mustahkamlash hamda maqsadli auditoriyalar bilan tizimli kommunikatsiyalarni rivojlantirishning amaliy yondashuvlariga qaratildi. Olingan bilim va ko‘nikmalar NNTlarning tashkiliy barqarorligini mustahkamlash va ijtimoiy ta’sirini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Dastur doirasida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari bilan ochiq muloqot ham tashkil etildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining halollik tamoyillari va jamoatchilik oldidagi mas’uliyatni ilgari surishdagi o‘rni kabi dolzarb masalalarni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ochiq muloqot fikr almashish, dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan davlat tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Ko‘rib chiqilgan mavzular va tashkil etilgan ochiq muloqot ishtirokchilarning kasbiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu jarayon NNTlarni boshqarish, samarali kommunikatsiyalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik oldidagi mas’uliyat tamoyillarini ilgari surish borasidagi amaliy bilimlarni kengaytirishga xizmat qildi.