«Ijtimoiy ta’sir va notijorat tashkilotlarini boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha besh kunlik malaka oshirish kursining uchinchi kuni nodavlat notijorat tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va boshqaruv samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlandi.

O‘quv dasturi doirasida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarni o‘rgandilar: NNTlarni moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish; frandrayzing va mablag‘ jalb qilish mexanizmlari; moliyaviy boshqaruv va hisobot; NNT faoliyatida soliq ma’murchiligi, jumladan, soliq majburiyatlari, hisobotlarni taqdim etish tartibi hamda soliq organlari bilan o‘zaro hamkorlik.

Mazkur yo‘nalishlarni o‘rganish NNT rahbarlari va mutaxassislarining amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, moliyaviy faoliyat shaffofligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish va fuqarolik jamiyati institutlarining tashkiliy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.