Farg‘ona viloyatidagi sanoat korxonalari uchun tejamkor ishlab chiqarish bo‘yicha o‘quv seminar

07-10-2026 | 17

Farg‘ona viloyatidagi sanoat korxonalari uchun tejamkor ishlab chiqarish bo‘yicha o‘quv seminar

#GSBE #GraduateSchool #Industry #LeanManufacturing

2026-yilning 12-16-oktabr kunlari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Farg‘ona viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi bilan hamkorlikda viloyatning sanoat korxonalari uchun Tejamkor boshqaruv tizimi bo‘yicha amaliy trening o‘tkazadi.

O‘quv seminari dasturi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  • ishlab chiqarish uchastkalarida yo‘qotishlarni aniqlash va bartaraf etish;
  • qo‘shimcha investitsiyalarsiz mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish zaxiralarini aniqlash;
  • moddiy zaxiralar, buyurtmalarni bajarish muddatlari va ishlab chiqarishdagi kamchiliklarni bartaraf etish;
  • 5S usuli bo‘yicha ish o‘rinlarini tashkil etish;
  • xomashyodan tayyor mahsulotni jo‘natishgacha bo‘lgan ishlab chiqarish zanjirini tahlil qilish;
  • ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurish, tahlil qilish va ishlab chiqarishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab berish.

 

O‘quv seminarida ishtirok etish uchun taklif etiladilar:

  • korxona rahbarlari;
  • ishlab chiqarish uchastkalari boshliqlari;
  • texnolog va muhandislar;
  • ishlab chiqarish va sifat bo‘yicha mutaxassislar.

 

Ishtirok etish bepul

Sana:  2026-yil 12-16-oktabr

Vaqti: 09:30 – 17:00

Manzil: Farg‘ona Ekspo markazi

Ro‘yxatdan o‘tish va ma’lumot olish uchun: +998 71 239-03-27