Yangiliklar
IX Xalqaro ilmiy konferensiya doirasida ilmiy esse xalqaro tanlovi
06-10-2026 | 20
Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining Tashqi savdo bo‘yicha Butunrossiya akademiyasi (VAVT)ning “Platforma iqtisodiyoti: o‘sish, savdo va xalqaro hamkorlikning yangi modellari” mavzusidagi IX Xalqaro ilmiy konferensiyasi doirasida xalqaro ilmiy esse tanlovi o‘tkazilmoqda.Tanlovda magistratura tinglovchilari ishtirok etishlari mumkin.
Esse uchun quyidagi mavzular taklif etiladi:
- Raqamli platformalar orqali transchegaraviy savdo: tashqi bozorlarga chiqishning yangi yo‘li yoki qaramlikning yangi shakllari?
- Milliy va global raqamli platformalar: raqobatmi yoki hamkorlik makonimi?
- Raqamli platformalar va Global Janub mamlakatlari: raqamli va savdo tafovutini bartaraf etish imkoniyatlari.
- Xalqaro savdoda sun’iy intellekt: to‘siqlarni kamaytirish vositasi yoki yangi xavflar manbai?
- Transchegaraviy savdoda raqamli platformaning javobgarligi: vositachi roli qayerda tugaydi?
Esselar rus yoki ingliz tillarida qabul qilinadi, hajmi 3 000 so‘zgacha bo‘lishi lozim. Ish MS Word formatida taqdim etilishi kerak.
Ishlarni topshirish muddati - 2026-yil 26-oktabrgacha.
Magistratura tinglovchilari orasidagi tanlov g‘oliblari Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining VAVTda qisqa muddatli malaka oshirish dasturini bepul o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Barcha qiziquvchi tinglovchilarni tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz