Yangiliklar
Hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
11-09-2026 | 14
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktori o‘rinbosari Baxrom Avazbaevich Xolboev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Farg‘ona davlat texnika universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Davlyatov Shohruh Muratovich bilan uchrashdi.
Farg‘ona viloyatiga Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi biriktirilgani, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ilmiy asoslash, investitsiya va tadbirkorlik loyihalarini tahliliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, mazkur vazifalarni amalga oshirishda Farg‘ona davlat texnika universitetining ilmiy-ta’lim va innovatsion salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ayni paytda universitetda 20 mingdan ziyod talaba tahsil olib, zamonaviy o‘quv laboratoriyalari va raqamli ta’lim texnologiyalari joriy etilgan.
Uchrashuvda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga mamlakatimiz kimyo sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida «O‘zkimyosanoat» AJ biriktirilgani ham qayd etildi. Tarmoqni rivojlantirishni ilmiy asoslash va amaliy takliflar ishlab chiqishda universitetning ilmiy salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Farg‘ona viloyati va kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va tahliliy faoliyat doirasida o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.