Yangiliklar
Yangiyo‘lda “Dugonalar” nogiron ayollar jamiyatining yangi мarkazi ochildi
12-08-2026 | 42
Yangiyo‘l shahrida “Dugonalar” nogiron ayollar jamiyatiga qarashli yangi мarkaz binosining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
“Dugonalar” jamiyati hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Toshkent viloyati hududiy filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolangan bo‘lib, uning doirasida jamiyat xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari, jumladan, 3 oylik kompyuter savodxonligi kursi tashkil etildi.
O‘quvlar natijasida jamiyatning bir qator a’zolari o‘z shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti ochilib, bugungi kunda u yerda 16 nafar bolaga kunduzgi parvarish xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Tadbirda mas’ul rahbarlar, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.
Ta’kidlanganidek, mazkur hamkorlik nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda.