Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor-o‘qituvchilari mahalla servis kompaniyalari mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari doirasida mashg‘ulotlar olib bormoqda

24-07-2026 | 495

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor-o‘qituvchilari mahalla servis kompaniyalari mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari doirasida mashg‘ulotlar olib bormoqda

#GSBE #GraduateSchool #Training #Courses

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-iyundagi PQ–234-son “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi huzuridagi Servis oliy maktabi tomonidan mahalla servis kompaniyalari rahbarlari, uyushmaning tuman (shahar) bo‘limlari bosh hisobchilari hamda obodonlashtirish yo‘nalishi uchun mas’ul xodimlar ishtirokida qisqa muddatli intensiv malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 15–28-iyul kunlari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilmoqda. Ular dasturning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib borishmoqda.