«Biznes kommunikatsiya va xorijiy tillar» kafedrasiga katta o‘qituvchi, dotsent va professor lavozimlariga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

16-07-2026 | 99

«Biznes kommunikatsiya va xorijiy tillar» kafedrasiga katta o‘qituvchi, dotsent va professor lavozimlariga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

#GSBE #GraduateSchool #Selection #BusinessCommunication #OrganizationalLeadership

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining «Biznes kommunikatsiya va chet tillari» kafedrasi 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab «Tashkiliy liderlik» mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchi kafedra sifatida faoliyat yuritishi munosabati bilan, kafedrani malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan ta’minlash maqsadida «Biznes kommunikatsiya» va «Tashkiliy liderlik» fanlarini o‘qitish uchun katta o‘qituvchi, dotsent va professor lavozimlariga tanlov e’lon qiladi.

Tanlov doirasida quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar baholanadi:

  • Biznes kommunikatsiyasi (Business Communication); 

  • Tashkiliy liderlik (Organizational Leadership); 

  • Strategik liderlik (Strategic Leadership); 

  • Jamoani boshqarish (Leadership and Team Management); 

  • Tashkilot xulq-atvori (Organizational Behavior); 

  • Muzokaralar olib borish va nizolarni boshqarish (Negotiation and Conflict Management);  

  • Biznes etikasi (Business Ethics). 

 

Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

  1. Hujjatlarni ko‘rib chiqish; 

  2. Demo dars (20–30 daqiqa); 

  3. Suhbat; 

  4. Yakuniy baholash. 

 

Demo dars quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Fan mazmunini chuqur bilishi; 

  • Ingliz, o‘zbek va rus tilida erkin va professional dars olib borish mahorati; 

  • Zamonaviy pedagogik texnologiyalar (Case Study, Role Play, Project-based Learning, Simulation, Debate va boshqalar)dan foydalanishi; 

  • Tinglovchilarni dars jarayoniga jalb qilish mahorati; 

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanishi. 

 

Tanlovda ishtirok etuvchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • Tarjimai hol (CV yoki rezyume); 

  • Diplom va ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatlar nusxasi; 

  • Xalqaro sertifikatlar («Biznes kommunikatsiya» fani uchun ingliz tilini bilishning kamida C1 darajasi majburiy hisoblanib, «Tashkiliy liderlik» fani uchun ingliz va/yoki rus tili sertifikatlari nomzodlarga ustunlik beradi).  

 

Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar 2026 yil 10 avgust soat 10:00ga qadar s.abdullayeva@rgsbm.uz elektron manziliga hujjatlarni yuborishlari so`raladi.

Tanlov o‘tkaziladigan sana murojaatlar muddati yopilgan sanadan 10 kun o‘tgandan keyin 2026 yil 20 avgust kuni habar beriladi.