Yangiliklar
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Xorazm viloyatida kurs bitiruvchilari o‘z bizneslarini muvaffaqiyatli rivojlantirishmoqda
16-06-2026 | 13
Respublikada tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kichik biznesni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish hamda amaliy bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Xorazm viloyat hududiy filiali tomonidan «Marketing xizmatlari va tovar hamda xizmatlar reklamasini tashkil etish» hamda «Tadbirkorlik asoslari» yo‘nalishlarida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi. Kurs bitiruvchilari o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda samarali qo‘llab kelishmoqda.
Jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor va hunarmand M. Iskandarova «Marketing xizmatlari va tovar hamda xizmatlar reklamasini tashkil etish» kursini tamomlagach, 5,7 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit hamda qiymati 5 mln so‘mlik tikuv mashinasini xarid qilish uchun subsidiya bilan ta’minlandi.
Shu kurs bo‘yicha Koshko‘pir tumanidan tadbirkor Sh. Qodirova ham ta’lim oldi. Bugungi kunda ular milliy va zamonaviy kiyimlar tikish bilan shug‘ullanib, yuqori sifat va o‘ziga xos dizaynga ega mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Shuningdek, «ustoz–shogird» an’anasi doirasida ayollar va yoshlar tikuvchilikka o‘qitilib, kasbiy rivojlanish va bandlik imkoniyatlariga ega bo‘lishmoqda.