Biznes rivojlanishida ta’limning o‘rni: Gulhayo Shoximardonova tajribasi

15-06-2026 | 58

Biznes rivojlanishida ta’limning o‘rni: Gulhayo Shoximardonova tajribasi

#GSBE #GraduateSchool #Women #Entrepreneurship

Gulhayo Olimxanovna Shoximardonova Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkor bo‘lib, yengil sanoat sohasida ish olib boradi. U 2018 yilda tikuvchilik sohasida mehnat faoliyatini boshlagan, keyinchalik zarur tajriba orttirib, 2021 yilda o‘zining «Bunyodkor tikuvchi qizlari» trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etdi.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim bosqichlardan biri sifatida Gulhayo Shoximardonovaning Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Jizzax viloyati hududiy filiali tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida ishtirok etishi muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi..

Mazkur dastur unga amaliy tajribani tizimlashtirish, biznesni boshqarish, moliyaviy rejalashtirish, marketing va strategik rivojlanish bo‘yicha zamonaviy bilimlarni egallash imkonini berdi. O‘qish jarayoni ishlab chiqarish faoliyatini takomillashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda uzoq muddatli rivojlanish rejalarini ishlab chiqishda yangi imkoniyatlar ochdi.

Shuningdek, ekspertlar va boshqa ishtirokchilar bilan tajriba almashish imkoniyati uning kasbiy dunyoqarashini kengaytirib, yangi g‘oyalarni shakllantirishga xizmat qildi. Mazkur kurslarda ishtirok etish tadbirkorning o‘sishiga qo‘shimcha turtki berib, maqsadlarni amalga oshirishdagi ishonchini mustahkamladi hamda korxonaning bozordagi raqobatbardoshligini oshirdi.

Bugungi kunda korxona 23 nafar xodimni, asosan ayollarni ish bilan ta’minlab, ularning kasbiy rivojlanishi va bandligini oshirishga hissa qo‘shib kelmoqda. Korxonaning yillik aylanmasi 500 million so‘mni tashkil etadi.

Kelgusidagi rejalar doirasida ishlab chiqarishni kengaytirish, to‘qimachilik mahsulotlariga zamonaviy bosma texnologiyalarni joriy etish hamda yangi bozorlarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.