Yangiliklar
Samarqand viloyatida “Startap asoslari” o‘quv kursi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi
11-06-2026 | 27
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Samarqand viloyati hududiy filiali KOIKA kasb-hunar o‘quv markazi bilan hamkorlikda startap g‘oyalariga qiziqqan yoshlar, o‘z biznes g‘oyalariga ega startapchilar hamda innovatsion loyiha egalari uchun “Startap asoslari” o‘quv kursi doirasida seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga zamonaviy startap ekotizimi hamda innovatsion biznesni yaratish va rivojlantirishga oid muhim mavzular bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, “Biznes sari ilk qadam: Startap asoslari”, O‘zbekistonda startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimi, startaplarni amalga oshirish bosqichlari, innovatsiya va sun’iy intellekt tushunchalari yoritildi.
Shuningdek, trening davomida qiymat taklifi (Value Proposition) va Customer Development yondashuvi, HADI sikli asosida gipotezalarni tekshirish, bozor tahlili va uning TAM, SAM, SOM ko‘rsatkichlari orqali baholanishi, MVP modeli hamda startap gipotezalarini sinovdan o‘tkazish mexanizmlari haqida amaliy bilimlar berildi.
Ishtirokchilar startaplarning moliyaviy modeli va monetizatsiya usullari, loyihaviy boshqaruv, startap jamoasi bilan ishlash, biznes hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ham ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida O‘zbekistonda IT-startaplar eksportini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, muvaffaqiyatli startapchilar ishtirokida master-klass hamda startap loyihalarini taqdim etish va himoya qilish jarayoni — DEMO DAY formatida namoyish etildi.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilar zamonaviy startap yaratish, uni rivojlantirish va investitsiya jalb qilish bo‘yicha muhim bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.